Xettlar madaniyati
Xettlar madaniyati - miloddan avvalgi 2-ming yillikda ravnaq topgan Xett podsholigida shakllangan madaniyat. Podsholar qarorgohi boʻlgan Xattusas shahri (Kichik Osiyodagi hozirgi Bogʻozkoʻy shahri) barcha xett shaharlari kabi doirasimon tarhli, mudofaa devor va inshootlarga alohida ahamiyat berilgan, shaharning qoʻsh devori burj, minoralar bilan mustahkamlangan. Binolar haykal, relyeflar bilan bezatilgan. Shahar darvozalarining ikki yoniga ulkan sher haykali, sfinkslar oʻrnatilgan. Bogʻozkoʻy yaqinidagi Yozuvliqoya relyeflari (miloddan avvalgi XVI—XIII asrlar)da sher ustida tik turgan kishilar aks ettirilgan, 2 boshli burgut tasviri gerbni eslatadi. Baʼzi relyeflarda, xettlarning doirasimon tamgʻalaridagi kabi, ramziy tasvirlar uchraydi. Miloddan avvalgi 1600 yilda qad. xettlarda haykaltaroshlik, kulolchilik taraqqiy etgan (maye: oʻrdakburun shaklidagi koʻzachalar, hayvonlar shaklida ishlangan idishlar, maʼbudlar va boshqa tasvirlangan idishlar).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |