Xilvat
XILVАT (arab - xoli joy) tanholik, hech nimaga bogʼlanmaslik, dunyoning xilma-xil gʼoyalaridan forigʼlik. Tasavvufda esa bunday holda shayx rahnamoligi va koʼrsatmalariga binoan muridning maxsus bir joyda berkinib ibodat va Аllohning zikri bilan mashgʼul boʼlishidir. Tasavvuf hayotni batamom xilvatda oʼtkazishni targʼib etmagan. Uzlat — hayotdan qochish, turmushdan ajralish, odamlardan bezish ehtiyoji emas, balki maʼlum muddat oʼz ustida ishlagandan soʼng ruhiy kamolot hosil qilishdir. Tasavvufda xilvat ikkiga ajratilgan: birinchisi — shariat xilvati, ikkinchisi — tariqat xi l v at i . Shariat xilvati ayb va nuqson sanalmish barcha gunoqu yomonliklardan tavba qilishga asoslanadi. Bu xilvatning shartlari, odob va qoidalarini toʼliq ado etmasdan tariqat xilvatiga yuz burib boʼlmaydi. Shihobuddin Suhravardiyning eʼtiroficha, tariqat xilvatidan maqsad bir talay gʼaroyibot, ajoyibot yoki kashfiyotlarga shohid boʼlmoq emas, balki zikri ilohiydan oʼzga murodlardan xoli boʼlmokdir.[1][2] [3] [4] [5] [6] [7] [8]
Manbalar
tahrir- ↑ Hakim Termiziy. Navodir al-usul. - Bayrut, 2010; Xdkim Termiziy.
- ↑ Xatm al-avliyo. - Bayrut, 1965
- ↑ Kalobodiy, Аbu Bakr. at-Taarruf li-mazhab ahl at-tasavvuf. - Qohira, 1994;
- ↑ Аbu Nasr Sarroj Tusiy. al Luma*. - Qohira, 1960;
- ↑ Hujviriy. Kashf al-mahjub. - Misr, 1974. T.N .;
- ↑ Shihobuddin Suhravardiy. Аvorif al-maorif. - Bayrut, 1992; Lisoniddin
- ↑ Xatib. Ravzat at-taʼrif bi-l-hubb ash-sharif. - Qohira, 1966; Muhammad
- ↑ Аnvar Badaxshoniy. Аkidatut-Tahoviya sharhiningtalxisi.-Toshkent, 2014.