Ximachal-Pradesh (hindcha: हिमाचल प्रदेश, XFA: ɦɪmaːtʃəl prəd̪eːʃ ; inglizcha: Himachal Pradesh) - Hindiston shtati. Maydoni 55,7 ming km². Aholisi 6 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Simla shahri. Relyefi togʻli boʻlib, Himolay togʻlarining janunubi-gʻarbiy qismida, Satlaj, Bias, Ravi daryolarining boshlanish yerida joylashgan. Iqlimi togʻ subtropik, mussonli iqlim. Hududining 50% keng bargli va igna bargli oʻrmon.

Ximachal-Pradesh
hindcha: हिमाचल प्रदेश
inglizcha: Himachal Pradesh

Gerb
Gerb
shtat
Maʼmuriy markazi Shimla
Yirik shahari Shimla
Gubernator Urmila Singx
Bosh vazir Prem Kumar Dxumal
Rasmiy tillar Hind tili, пахари
Aholi (2011) 6 856 509
Zichligi 123,16 kishi./km²
Maydoni 55 673 km² (17-oʻrin)
Vaqt mintaqasi +5:30
Qisqacha IN-HP
Kod ISO 3166-2 IN-HP
Rasmiy sayti http://himachal.nic.in/
Xaritada
Ximachal-Pradesh xaritada
Koordinatalari: 31.1033°0′0″N 77.1722°0′0″E / 31.10330°N 77.17220°E / 31.10330; 77.17220 G O

Iqtisodiyoti tahrir

 
Xajjiarda yoz
 
Shimla qushlar bog'idagi Himoloy Monali

Iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi yetakchi oʻrinda. Ekin maydoni 550 ming ga ni tashkil etadi. Daryo vodiylarida bugʻdoy, makkajoʻxori, suli, sholi, kartoshka ekiladi. Mevachilik rivojlangan. Dorivor oʻt va oʻsimliklar yigʻiladi. Daromadining 1/3 kismini oʻrmonchilik beradi. Qogʻoz, pivo, qishloq xoʻjaligi qurollari, elektr motorlar ishlab chiqarish zavodlari bor. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanadi. Qimmatbaho toshlarga ishlov beriladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Teridan turli buyumlar, junli ip va shol roʻmollar tayyorlanadi. Energetika quvvati 20 mln. kVt.