Xira rudalar — minerallar guruhi, misning murakkab sulfidlari boʻlib, tennantitning izomorf qatorini — kimyoviy tarkibi nCu,2As4 S13+ +mCu12Sb4S13 boʻlgan tetraedritni hosil qiladi. Qatorning sof aʼzolari kam uchraydi. Xira rudalar orasida tarkibiga qarab turlari: argentotennantit va freybergit (Ag tarkibli), zondbergerit va binnin (Zn, Ag tarkibli) ferrotennantit va ferrotetraedrit (Gʻe tarkibli), shvatsit (Hg tarkibli), annivit (Bi tarkibli) va boshqa mavjud. Sinch tipli murakkab strukturaga ega. Kub singoniyada kristallanadi. Xira rudalar poʻlat rangli kulrangdan, temir rangli qoragacha. Yangi singan joylari metalldek yaltiraydi, lekin havoda tez xiralashadi (nomi shundan). Qattiqligi 3—4, zichligi 4,4—5,1 g/sm3. Turli genetik tipdagi gidrotermal rudali jinslarda hosil boʻladi. Galenit, sfalerit, xalkopirit, pirit, kvars, barit, kaltsitlar bilan birga uchraydi. Yerning yuqori qismida oson nurashga uchrab malaxit, azurit, kuprit va boshqalarga aylanadi. Mis rudalarining tarkibiga kiradi hamda ulardan surma, kumush, simob ajratib olinadi.