Xirqa (arab. – yamoq, quroq) – junli matodan tikilgan ustki kiyim. Asosan, sufiylar kiygan. X. odatda sufiylikda pirdan shogirdga oʻtgan, uzoq vaqt kiyilgani sababli u koʻpincha eskirgan, quroq va yamoq boʻlgan. X. oʻzbeklar orasida janda deb atalgan.

XIRQA (arab. – yamoq, quroq) – poʼstak, yamoqli kiyim. Kiygan odamning suluk yoʼlida ekanini ifoda etadi . Tariqatlarda xirqa, kuloh, kamar, shadd, abo, poʼstak, tannura kabi liboslar kiyiladi. Mazkur liboslar ham oʼz oʼrnida maʼlum bir tasavvufiy maʼnoni ifodalaydi. Xirqa odatda sufiylikda pirdan shogirdga oʼtib, uzoq vaqt kiyilgani sababli u koʼpincha eskirgan, quroq va yamoqlardan, jun, paxta, palos va teridan tikilgan. Xirqa „janda“ nomi bilan ham yuritiladi. U tariqat ahli kiygan keng, uzun, oldi ochik., yoqasiz, yengi uzun libos. Xirqa kiyish shayxga bayʼat qilish va taslim boʼlishni ifoda etadi. Xirqa ikki xil mazmunni anglatgan: muridni sulukka olib kirish va tariqat ishini yoyishga ruxsat berish. Shunga koʼra Suhravardiy „Avorif al - maorif“da ikki xil xirqani ajratadi: tabarruk xirqa va iroda xirqasi. Tabarruk xirqa tariqatga kirishga moyil boʼlgan, zikr majlislari, shayx suhbatlarida ishtirok etadigan, ammo hali tariqatga kirmagan kishining oʼz istagiga koʼra unda tariqatga mehr paydo qilish, pirga qoʼl berishga undash maqsadida kiydiriladi. Irodat


Tasavvuf agpamalari

xirqasi esa tariqatda muayyan bosqichlarni bosib oʼtgan muridga tariqat shayxi tomonidan kiydirilib, u oʼziga xos ijozat sifatida talqin qilinadi. Shayx muriddan xirqa shartlariga vafo qilish axdini oladi va unga xirqaning haqlarini oʼrgatadi. Xirqani solik butun hayoti davomida kiyib yurishi tavsiya etiladi. Xirqaning turiga koʼra uni kiydirish uchun belgilangan sinov muddati qirq kundan uch yilgacha, yoki undan ham koʼproq vaqtni talab qilgan. Xirqaning rangi haqidagi munozaralardan ayon boʼladiki, toʼq rangli xirqa kir koʼtarishi va sufiy uningtozaligini saqlashi uchun koʼp vaqtini olmasligi nuqtai nazaridan qulay hisoblangan. Tasavvuf olimlari pirsiz yuqori darajalarga erishgan sufiylar uchun „xirqai Xizriy“ tushunchasini kiritib, goʼyoki ularning piri Xizr (a.s.) boʼlgan, degan maʼnoni ifoda etganlar. Keyingi davr adabiyotida xirqaning turlari detallashtirilgan: xirqai iroda yoki xirqai asl; xirqai tabarruk yoki xirqai tashabbuh; xirqai tarbiya yoki xirqai hidoya (muridlarga taʼlim bera oladigan, ularninng ruhiy holatlarini izohlab toʼgʼri yoʼl koʼrsata oladigan muridlarga berilgan); xirqai suhbat (tariqatda oʼzi mustaqil faoliyat yuritishi mumkin boʼlgan muridga berilgan); xirqai taʼlim (kitob va shayxlarning oʼgiti asosida taʼlim berishga qodir muridlarga berilgan, bu muridlar faqat kitobiy taʼlim berish bilan cheklangan). Ammo aksariyat koʼzga koʼringan ulamolar xirqani umumlashtirib, xirqai tasavvuf nomi bilan atab kelganlar. Xirqani dunyoviy manfaat qozonish uchun vosita qilishdan saqlanish, uni nafs va qalb tarbiyasi uchun kiyish tavsiya etilgan. Tasavvufiy manbalarda, xususan Voiz Koshifiyning „Futuvvatnomai sultoniy“ asarida xirqa mavzusi batafsil izohlangan: xirqa sharti, turi, maqsadi, kiyish va kiydirish odoblari,

[1]

[2]

[3]

[4]

[5] [6]

[7]

[8] [9] [10] [11] [12] [13] [14][15] [16] [17] [18] [19] [20] [21]

Manbalar tahrir

  1. Muhammad Hakim Termiziy. Xatm al-avliyo. – Bayrut, 1965;
  2. Xujviriy. Kashf al-mahjub. – Misr, 1974.
  3. T.N; Muhyiddin ibn Arabiy. Al Futuhot al-Makkiyya. – Misr, 1911;
  4. Anqo mugʼrib fi xatm al-avliyo va shams al-magʼrib. – Bayrut, 2009;
  5. Devon Ibn Arabiy. – Bayrut, 1996;
  6. Abdurazzoq Koshoniy. Istilohat as-sufiyya. – Qohira, 1992; Abdulkarim Jiliy. al Isfar an risalat al-anvar. – Bayrut, 2004;
  7. Muhammad Abdurauf Manoviy. at Taorif. – Bayrut-Damashq, 1990;
  8. Jaloliddin Suyutiy. al-Hoviy fi-l-fatovo. T.2.- Bayrut, 1982;
  9. Salohiddin Sofadiy. Vafiy bi-l-vafayat. – Qohira, 2000;
  10. Ahmad Kumushxonaviy Naqshbandiy. Jomiʼ al-usul fi-l-avliyo va anvoihim. – Misr, 1880;
  11. Muhammad Sodiq M.Yu. Tasavvuf haqida tasavvur. – Toshkent, 2004;
  12. Ali (Mishel) Chadkievich. al-Valaya va-n-nubuvva inda ash-shayx al-akbar Muhyidtsin ibn Arabiy.- Marokash, 1999; 5aNN f y . Nak1Sh T1gpgp21 ue (azauuiG ap1au151. 1p5ap uau1p1ap. – 1$ipi1,2008;
  13. Bahouddin Naqshband Buxoriy (nashrga tayyorlovchi va izoxdar muallifi Yoʼldosh Eshbek). – Qarshi, 2010.
  14. Hakim Termiziy. Navodir al-usul. – Bayrut, 2010; Xdkim Termiziy.
  15. Xatm al-avliyo. – Bayrut, 1965
  16. Kalobodiy, Abu Bakr. at-Taarruf li-mazhab ahl at-tasavvuf. – Qohira, 1994;
  17. Abu Nasr Sarroj Tusiy. al Luma*. – Qohira, 1960;
  18. Hujviriy. Kashf al-mahjub. – Misr, 1974. T.N .;
  19. Shihobuddin Suhravardiy. Avorif al-maorif. – Bayrut, 1992; Lisoniddin
  20. Xatib. Ravzat at-taʼrif bi-l-hubb ash-sharif. – Qohira, 1966; Muhammad
  21. Anvar Badaxshoniy. Akidatut-Tahoviya sharhiningtalxisi.-Toshkent, 2014.