Sovutlilar
Sovutlilar, xitonlar (Loricata, Polyplacophora) — yonbosh nervli mollyuskalar sinfi.. Gavdasining uzunligi 0,5—35 sm, yassi va choʻziq yoki chuvalchangsimon; bosh, tana, yassi va keng oyoq boʻlimlaridan tashkil topgan. Chigʻanogʻi oʻzaro harakatchan qoʻshilgan 8 ta plastinkadan tashkil topgan. S tanasini qorin tomonga bukib, yumaloklanishi mumkin. Mantiya boʻshligʻi tor tirqishsimon; unda 6 dan 80 tagacha patsimon jabralari joylashgan. Oʻziga xos sezgi organi — estetlar chigʻanogʻini teshib oʻtadigan naychalarda joylashgan. Estetlar suv bosimini va yorugʻlikni sezish vazifasini bajaradi. 4turkumi, 1000 ga yaqin turi bor, asosan, Janubiy yarim shar dengizlarida tarqalgan. Ayrim jinsli, kiprikli lichinkasi koʻp tukli halqalilar lichinkasiga oʻxshash tuzilgan; suvda erkin suzib yuradi. Voyaga yetgan S. suv tubida astasekin harakat qiladi, qirgʻoq yaqinida yashaydigan S. toshlarga mahkam yopishib oladi. Suvoʻtlar va datrit bilan oziqlanadi. Ayrim turlarini mahalliy aholi isteʼmol qiladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |