Xlor-kauchuklar
(Xlor-Kauchuklardan yoʻnaltirildi)
Xlor-kauchuklar — xlorlangan kauchuk mahsulotlari. Xlorlangan tabiiy kauchuklar (xlorkauchuk), [C10HnCL7]n — termoplast. Molyar massasi 100 minggacha, yumshash temperaturasi 70" atrofida, zichligi 1630–1660 kg/m3. Aromatik uglevodorodlarda, xloroformda, ketonlarda, murakkab efirlarda, nitrobenzolda eriydi. Kislota va ishqorlar taʼsiriga chidamli, yonmaydi. Plastik holatdagi tabiiy kauchukning eritmasi orqali 80°da xlor oʻtkazish yoʻli bilan olinadi. Lokboʻyoq, yelim i.ch.da qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |