Xloraminlar
Xloraminlar — molekulalardagi xlor atomi azot bilan bogʻlangan xlor hosilali ammiak (anorganik X.) va aminlar (organik X.). (Anorganik X. haqida q. Azot xloridlari).
Organik X. — oʻtkir hidli suyuqlik yoki qattiq moddalar. N — xlordimetilamin (CH3)2NC1 46° da, N, Ndixlormetilamin CH3NC12 58—60°da, N, Ndixloretilamin C2H5NC12 va Nxlordietilamin (C2HS)2 NCI 91° da qaynaydi; geksaxlormelamin — sariq kristall modda, 149° da suyuklanadi. X. suv va havo namida amin bilan gipoxlorid kislota (NOS1)ga parchalanadi. X. aminlarga va ularning tuzlariga xlor yoki gipoxlorit kislota taʼsir ettirib olinadi.
X. oksidlovchi va xlorlovchi taʼsirga ega boʻlganligidan analitik kimyoda, toʻqimachilikda matolarni oqartirishda, degazatsiya, dezinfeksiya ishlarida, suvni xlorlashda qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |