Xloropren
Xloropren, 2-xlor butadiyen 1,3, СН2=ССl-СН=СН2 - oʻtkir hidli rangsiz suyuklik; mol. m. 88,536. Suyuqlanish temperaturasi — 130°, qaynash temperaturasi 59,4°, zichligi 959 kg/m3 (20° da). Suvda erimaydi, organik erituvchilar bilan aralashadi. Mis xlorid va ammoniy xlorid ishtirokida 0—20° da vinilatsetilenni gidroxlorlab olinadi. Zaharli; nerv sistemasiga taʼsir etadi, nafas yoʻllarini yalligʻlantiradi. Oson polimerlanadi, xlorpren kauchuklar i.ch.da qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |