Xloropren kauchuklar
Xloropren kauchuklar, nairit, neopren, [ —SN2S(S1) = = SNSN2] -pMol.m. 100200 ming. Shishalanish temperaturasi —40°dan —50° gacha, kristallanish temperaturasi —10°, zichligi 1200–1240 kg/m3. Yuqori yopishqoklikka ega. Aromatik va xlorlangan uglevodorodlarda eriydi. Xloroprenni emulsion polimerlash yoʻli bilan olinadi. Rux, magniy va boshqa metallarning oksidlari taʼsirida vulkanizatsiyalanadi.
Rezinalar moy, benzin, ozonga, issiqqa, ishqorlar, suyultirilgan kislotalar taʼsiriga chidamli, yonmaydi, yedirilishga bardoshli, elastik. Rezina texnik mahsulotlar, yelimlar i.ch.da, simlar, kimyoviy jihozlar va vallar uchun krplamalar tayyorlashda, shuningdek, lateks sifatida qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |