Xmelnitskiy
Xmelnitskiy (1954 yilgacha Proskurov) — Ukrainaning Xmelnitskiy viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Janubiy Bug daryosi boʻyida. Transport yoʻli chorrahasi. Aholisi 254 ming kishiga yaqin (2004). X. 15-asrda istehkom sifatida vujudga kelgan (B. Xmelnitskiy nomi bilan atalgan). 1793 yilgacha Polsha tarkibida, 1793 yildan Rossiya imperiyasida. Mashinasozlik (transformator kichik styasi, temirchilikpresslash asbobuskunalari, radioapparatura, priborlar i.ch.), qurilish materiallari (gʻisht, temirbeton buyumlari zavodlari), oziq-ovqat (yogʻsir, goʻsht tarmoqlari), yengil (poyabzal, tikuvchilik, trikotaj va boshqalar), kimyo va boshqa sanoatlar rivojlangan. Maishiy xizmat koʻrsatish texnologiyasi instituti, 2 teatr, filarmoniya, oʻlkashunoslik muzeyi, rus rassomi G.S. Vereyskiy (1886— 1962) uymuzeyi mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |