Xo
Xo — Hindiston (Bihar shtata )dagi munda guruhiga mansub xalq. 1,2 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Munda lahjasida soʻzlashadi. Dindorlari — hinduizmga eʼtiqod qiladi. Asosan, dehqonchilik, ovchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadilar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |