Xo'jandiyning "Latofatnoma"asari
"Latofatnoma" asarining bizgacha beshta qoʻlyazma nusxasi yetib kelgan: shulardan biri uygʻur qolganlari arab yozuvida. Bular: 1) Uygʻur yozuvli Kobul nusxasi (Bibliotheque du Musee de Kaboul,10) 2) London nusxasi ( British Museum, Add. 7914) 914/1509 yili arab xatida koʻchirilgan; 3) Istanbul nusxasi(Millet Kütüphanesi, Arabı� Numara 86); 4)Istanbul nusxasi(Millet Kütüphanesi, Arabı� Numara 1221); 5)Kanada nusxasi (Prof.Dr. Eleazar Birnbaum collection) Uygʻur yozuvli qoʻlyozma Kobuldagi Afgʻoniston davlat milliy arxivida saqlanmoqda edi. Essiz hozir qoʻlyozmaning qayerda qolgani ma'lum emas. Yaxshiyamki qoʻlyozma borligida foto surati olingan ekan. fanda shu narsa asqotdi. E.Fozilov oʻz kitobida uygʻur va arab yozuvli qoʻlyozmalarning faksimilini keltirgan. Qoʻlyozma xijriy 893 (milodiy 1488) yili Yazd hukumdori Amir Jaloliddin Chaqmoq buyrugʻiga koʻra koʻchirilgan. Asar tugagandan keyin tarixi shunday:Tamam boldï Laṭāfat-nāma, bičin yïl zulqada ayïnïŋ on ikisidä pančšamba küni tarix sekiz yüz toqsan üčtä (Sertkaya 1977, 16).
Manbalar
tahrir- ↑ Sodiqov, Qosimjon. {{{title}}}. Toshkent: Akadem nashr, 2020 — 71-72-bet.