Huvaydo (taxallusi; asl nomi Xoʻjanazar Gʻoyibnazar oʻgʻli) (1704 — O'sh shahri — 1780/81, Fargʻona viloyati Chimyon qishlogʻi) — shoir, tasavvuf sheʼriyatining yirik vakili. Qoʻqon madrasalarida oʻqigan. Qishlogʻida maktab ochib, uzoq vaqt maktabdorlik qilgan, kosiblik bilan ham shugʻullangan. Otasi Gʻoyibnazar soʻfi Qashqardagi Ofoqxoʻja eshonning muridlaridan boʻlgan, Chimyonda masjid va xonaqolar qurdirib, eshonlik qilgan.

Xoʻjanazar Huvaydo
Xoʻjanazar Gʻoyibnazar oʻgʻli
Tavalludi 1704-yili
Vafoti 1780/81-yili
Farg'ona

Ijod na'munalari tahrir

Arzimni aydim bodi sabog'a, Yetkursa holim ul dilrabog'a.

Qilsa xudoyim ko'nglin muloyim, Rahm aylag'aymu man mubtalog'a?!

Qilg'aymu xayrin o'z qo'li birla, Borsam ko'yiga miskin gadog'a?

Dеdi raqiblar yorg'a yomonlab, Soldi judoliq naylay arog'a,

Ko'nglumda yo'qtur zarra gumonim, Kimki yomondur soldim xudog'a.

Holimni aytsam yorim inonmas, Emdi qo'yubman yavmuljazog'a.

Yorsiz kishini firdavsi yo'qtur, Suydim sanamni qoldim balog'a.

Dushmanlarining nozu, niamda Parvarish aylab soldi g'inog'a.

Do'stini yorim ranju alamda Qo'ydi el ichra javru jafog'a.

Miskin Huvaydo sabru tahammul Aylab,hamisha yig'lar xudog'a.

Havolalar tahrir