Xo'jaypok g'ori ko'rinishi
Xo'jaypok g'ori ko'rinishi

Xoʻjaypoq gʻori

tahrir

Xo‘jaypak g‘ori (Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumani) g‘orida sekundiga 20 litr suv oqimi bo‘lgan katta buloqning mavjudligi g‘ayrioddiy. Gʻor tuman markazi Shoʻrchi shahridan 55 km shimoli-gʻarbda, Surxondaryoning oʻng irmogʻi Xoʻjaypoq daryosi vodiysida joylashgan. G'orning uzunligi 220 metrdan ortiq va hajmi 2700 kubometrni tashkil qiladi. Buloq g'orning pastki qismidan, kirish joyidan 30 metr masofada urilgan vodorod sulfidi hidli suv. Gʻor devorlarini tashkil etuvchi ohaktosh yoriqlarida uglevodorodlarning rezinaga oʻxshash qoldiqlari (“quruq moy”), gʻor yaqinidagi ohaktoshdan esa tabiiy oltingugurt va shaffof gips kristallari topilgan.

Xoʻjaypoq gʻori koridor tipidagi galereya boʻlib, uning tubidan vodorod sulfidi daryosi oqib oʻtadi.

Xoʻjaypoq gʻori suv ichish uchun yaroqli bo'lib Surxondaryo viloyatining bir necha tumanlari foydalandi. Suvi juda shifobaxs, G'orning ichki qismi tabiiy zinasimon suvning katta qismi g'orning tag qismiga ketadi. Suvi juda salqin. Oltingururt va kistal simon shaffof tovlanuvchi tabiiy buloq. Asosiysi juda foydali suv

Avvalo “Xo‘jaipok ota” ziyoratgohidagi g‘ordan chiqayotgan oltingugurt suvining inson organizmi uchun foydali ekanligiga to‘xtalib o‘tish zarur. Mutaxassislarning fikricha, g‘ordagi oltingugurt suvi o‘n beshdan ortiq og‘ir, o‘tkir va yuqumli kasalliklardan forig‘ bo‘lishga yordam beradi. Tabiiy samarali vosita sifatida tayanch harakat tizimi, akusher-ginekologik kasalliklar, asab tizimi, jigar, buyrak, teri tanosili va boshqa xastaliklarni davolashga xizmat qiladi.

«Xo‘jaipok ota» ziyoratgohi yonidan oqib o‘tayotgan Xo‘jaipok daryosi va hududning tabiiy iqlim sharoiti bu yerda ziyorat turizmini keng yo‘lga qo‘yish uchun juda qulay sanaladi.

Manbalar

tahrir
  1. Youtube video [1]
  2. Sirli O'zbekiston [2]
  1. „Youtube“.
  2. Таинственный Узбекистан. „Sirli O'zbekiston“.