Xoja Forso ziyoratgohi (Maqbara, xonaqoh)

Xoja Forso ziyoratgohi (Maqbara, xonaqoh) — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti, diqqatga sazovor joy. Obyekt davri: XIX asr. Fargʻona viloyatining Margʻilon shahrida joylashgan. Obyekt manzili: „Xoja Forso“ MFY, Xoja Forso koʻchasi, 65-uy. Davlat mulki (Fargʻona viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida). Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1][2]. Ho‘ja Xasan maqbarasi XX asrda paydo bo‘lgan. Xo‘ja Hasan ziyoratgohi milliy uslubda qurilgan Maqbara, binolardan iborat.Ma'lumki, Ofoqxojaning Abdusamadxoja, Mahdi xoja, Yahyo xoja, Hasan xoja, Qilich Burhoniddin xoja ismli o‘g‘illari bo‘lgan. Ul zotning shu besh o‘g‘li ichida Hasan xoja bilan bog‘liq bir tazkirlari mavjud.Shunday tazkiralardan birida Xoja Hasan Farg‘ona vodiysiga bostirib kelgan qalmoqlarga qarshi Quva mavzesi atrofida yuz bergan janglarda ishtirok etadi va dushmanni Farg‘ona zaminidan quvib chiqarishda mahalliy aholiga yaqindan yordam beradi. Xoja Hasan garchand Farg‘onadan olisdagi Qoratol qishlog‘ida (Tojikiston respublikasi) vafot etsada, keyinchalik mahalliy xalq uning qadamjolari sharafiga Farg‘onaning Marg‘ilon, Avval, Quva, Qo‘qon, Beshariq singari hududlarida ziyoratgohlar barpo etadilar va bu qadamjolar aholining sevimli ziyoratgohlariga aylanadi.

Manbalar

tahrir