Xoja Islom xazirasi
Xoja Islom xazirasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Mazkur xazira Chor Bakr meʼmoriy majmuasida joylashgan boʻlib, XVI asrda qurilgan. Xazira Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Mozor darvozasi kirish joyining qibla tomonga qarab yurilgandan keyin chillaxona boʻlib, uning roʻparasidan oʻng tomonda Xoja Islom xazirasiga kiriladi. Xazira kirish joyi peshtoqli boʻlib, devori yuzasida chirexdan bezak berilgan va panjara belgi qoʻyilgan. Peshtoqning oʻng tomonida bir koshirkoriy parcha saqlanib qolgan. Qurilgan paytda Xoja Islom xazirasi peshtoqi naqshli boʻlgan ammo hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Xazira ichkarisida yakka qabrlab mavjud. Arxeologik tadqiqqotlarga koʻra, xazira kirish eshigida katta katta qabrlar mavjud boʻlib, birinchi qabr Abu Bakr Saʼd, ikkinchi qabr esa Xoja Islomga tegishlidir. Bundan tashqari xazirasa yana 5 ta qabr mavjud boʻlib, ammo bu qabrlar kimga tegishli ekanligi maʼlum emas. Ushbu qabrlarning marmar toshlari yoʻq. Xoja Islom xazirasi qibla tomonida mehrob boʻlib, peshtoqi naqshlar bilan bezatilgan. Peshtoqning bir qismida koshinkoriy ushturgardandan 10-15 santimetrli parcha saqlanib qolgan. Xazira qurilgan paytda peshtoqida rayhoniy bezaklar boʻlgan. Xazira qibla tomonidagi devorning beshtoq qismi bilan darcha mavjud va shu yer orqali dahmaga kirib boriladi. Bu dahmada 6-7 ta qabrtoshlar mavjud. Qabrtoshlar qora marmardan yasalgan. Bu yozuvlar koʻpchiligi xiralashib qolgan va hozirgi kunda oʻqib boʻlmaydi. Tarixchi Ibodat Rajabova mahalliy aholi bilan olib borgan suhbati natijasida ushbu dahma Tojiddin Hasanga tegishlidir. Dahma tepalikda joylashgan va supaday qilib koʻtarilgan. Xazira maxfiy eshigi boʻlgan va u qibla tomonga qilib qoʻyilgan[1]. Joʻyboriy xojalari Xoja Islom xazirasi uchun koʻplab yerlarni vafq qiladi va mazkur vaqf mablagʻlari hisobiga tilovat qiladigan qorilar maosh olgan[2]
Xoja Islom xazirasi | |
---|---|
Muqobil nomlari |
Xoja Islom xazirasi |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy obida |
Turi | xazira |
Shahar | Buxoro |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | XVI asr |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch |
Manbalar
tahrir- ↑ Чор Бакр 2001, s. 104.
- ↑ Тўраев 2007, s. 252.
Adabiyotlar
tahrirIlmiy adabiyotlar
tahrir- Ҳусенов С, Ражабова И.. Чор Бакр. Tошкент: Шарқ нашриёти, 2001 — 144-bet.
- Тўраев Ҳ. Бухоро хонлигининг XVI–XVII асрлар ижтимоий сиёсий ва маънавий-маданий ҳаётида Жўйбор хожаларининг тутган ўрни тарих фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация, Тошкент, 2007 — 309-bet.