Xoja Fazlulloh
Xoja fazlulloh, Xoja Jamoluddin Fazlulloh Abullaysiy (15-asr) — samarqandlik shoir, mudarris. Alisher Navoiynnnt ustozi. Falsafa, fiqh fanlarini, fors va arab tillarini yaxshi bilgan. Fiqh ilmi borasida "Ikkinchi Abu Hanifa" (qarang Mazhab) laqabini olgan. Alisher Navoiy Samarqandda oʻqib yurgan chogʻlarida (1465—69), X. F. xonadonida yashagan, taʼlim olgan. Navoiy keyinchalik "Majolis unnafois" tazkirasining 2majlisida u haqsa: "Faqih Abdullays avlodidandir. Fiqhda ani Abu Hanifai Soniy derlar edi va arabiyat (arab filologiyasi)da Ibn Hojib (arab tili grammatikasi boʻyicha "alKofiya" nomli mukammal darslik muallifi) kaffasida tutarlar erdi", deb yozadi. X.F. madrasada dars berish huquqini ustozi, buyuk tilshunos olim Sayid Sharifdan olgan.
X.F. katta tilshunos boʻlish bilan birga ijodiy ishlar bilan ham shugʻullangan. Uning sheʼrlari, xususan, muammolari oʻz davrida mashhur boʻlgan. X.F. 15-asr ilmiy va adabiy muhitida, maʼnaviy hayotida katta oʻrin tutgan.
Ad..Abdullayev V., Tanlanganasarlar, 1j., T., 2002; Valixoʻjayev B., Mumtoz siymolar, 1j., T., 2002.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |