Xolin — V guruhiga mansub vitaminlar. Goʻsht, tvorog, pishloq, soya dukkagi, karam, ismaloq va boshqa masalliqlarda boʻladi. Ovqatda X. boʻlmasa, jigarni yogʻ bosadi, buyrak va qon yaratuvchi aʼzolar zararlanadi (yana qarang Vitaminlar).