Xolislar
Xolislar — jinoyat protsessida ishtirok etuvchilardan biri, Oʻzbekiston Respublikasi JPKga koʻra, X. surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan tergov harakati yoki boshqa harakatlar oʻtkazilganligini, uni oʻtkazish jarayoni va natijalarini tasdiqlash uchun chaqiriladi. Ular ishning oqibatidan manfaatdor shaxs boʻlmasligi lozim. Tergov harakatini boshlashdan oldin X.ga ularning huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Bu huquq va majburiyatlar Oʻzbekiston Respublikasi JPKda koʻrsatilgan (74modda). Dastlabki tergovda tintuv oʻtkazish, koʻzdan kechirish, guvohlantirish, tergov eksperimenti oʻtkazish, tanib olish uchun koʻrsatish, koʻrsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish, eksperiment tadqiqotini oʻtkazish uchun namunalar olish, murdani eksgumatsiya qilish kabilar kamida 2 nafar xolis ishtirokida amalga oshiriladi. X.ni ishga jalb qilish dalillarni tiklashda katta ahamiyatga ega.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |