Xolxoʻja Eshon — (1874—1920) — Fargʻonalik qoʻrboshi. Xolxoʻja Eshon Turkistondagi milliy ozodlik harakatining faol ishtirokchisi[1].

Xolxoʻja Eshon
Xolxoʻja Eshon
Fargʻonalik qoʻrboshi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1874-yil
Fargʻona
Vafoti 1920-yil

Qoʻrboshilik faoliyati tahrir

Xolxoʻja Eshon Fargʻona vodiysidagi yirik qoʻrboshi boʻlib, Oʻsh uyezdida faoliyat olib borgan. Shermuhammadbek va Katta Ergashning oʻrinbosarlaridan biri. Fargʻona vodiysida sovet rejimiga qarshi kurash olib boradi. Fargʻona vodiysida 9 mingtaqa qoʻmondoning toʻrtinchisi. Xolxoʻja Eshon Turkistonda qizil armiyaga kurashda oʻzining shafqatsizligi bilan tanilgan. U maishati buzuq va shuhratparast boʻlib, Oliy bosh qoʻmondon Madaminbekka dastlab boʻysunmagan. Shu sababli Madaminbek Xolxoʻja Eshon eshonni xalq oldida sazoyi qilib, uning 150 safdoshini qurolsizlantiradi, Sulayonqul ismli qoʻrboshini otishga buyruq beradi. U uch oy davomida qamoqda saqlangan. 1919-yil iyul oyida Katta Ergashning tashabbusi bilan, Madaminbek Xolxoʻja Eshonni qamoqdan ozod qiladi. Uning yaqin kishilariga qirq dona miltiqni ham qaytarib bergan. Bu davrda qizil armiyaning hujumlari natijasida Xolxoʻja Eshon, uning tarafdorlari va Oʻsh shahri aholisi ogʻir vaziyatda qolgan. Qizil armiya istiqlolchilik harakati ishtirokchilarni shahardan surib chiqadi. Eski shahar talanib, bozorga oʻt qoʻyiladi. Qizil armiyaga dashnoqlar ham qoʻshilgach, talon-toroj, zoʻrlash va hatto bolalar oʻldirilib, tanasi boʻlaklarga ajratilgan. Oʻsh shahrida davom etgan 5 kunlik janglardan soʻng. 2000 kishi halok boʻlgan. Tarixchi olim Qahramon Rajabov arxiv hujjatlariga asoslanib, Xolxoʻja Eshon tinch aholini talamagan va ulardan hech narsa tortib ololmaganligi toʻgʻrisida yozgan. Madaminbekning 1920-yil may oyida vafotida Xolxoʻja Eshon ham faol ishtirok etgan. 1920-yil dekabr oyida u Qoshgʻarga boorish paytida Alayku darasidan oʻtayotgan 300 nafar hamrohi bilan qor koʻchkisi ostida qolgan va 46 yoshida vafot etgan[2].

Manbalar tahrir

  1. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari “Oʻzbekiston tarixi” jurnali. — 2022.
  2. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari. Toshkent: „Fan“, 2022 — 400 bet.