Xomis — xakaslarning ikki, baʼzan uch torli chertma cholgʻusi, udning bir turi.

Xomis

Uning rezonator korpusi, boʻyni, yaxlit boshi, yogʻoch boʻlagidan oʻyib yasaladi. Cholgʻuning ikkita asosiy turi mavjud: yumaloq va uzunchoq korpusli — rezonatorli.

Anʼanaviy xomislar ot qili yoki ichagidan, boʻyinchasi klavishsiz, bosh qismi yogʻoch quloqli boʻladi. Qorniga teri qoplanadi, 2-5 rezonansli teshiklari boʻladi.

Zamonaviy xomislar tori neylon yoki qarmoq ipidan, gohida metall simdan boʻladi. Boʻyinchasi bogʻlanadigan (qarmoq ipidan) yoki kesik metall pardali, qorni, koʻpincha, yogʻochdan boʻladi. Cholgʻuning umumiy uzunligi 700–800 mm. Ikki torli xomisda 1-(pastki) tor ohangdor, 2-(yuqori) kvartaga sozlangan burdon. Uch torli xomisda 3-(yuqori) tor, xuddi 2-chi kabi burdondir, lekin 1 ga nisbatan oktava pastroq sozlanadi.

Anʼanaga koʻra, yerda, polda (kigizda, terida) oyoqlarini juftlab oʻtirgancha xomis chalishadi, stulda oʻtirib chalish kamdan-kam uchraydi. Bunday holda, cholgʻuning pastki yoni tizzaga tiraladi. Oʻng qoʻlning koʻrsatkich barmogʻi bilan torlarni chertib va sidirib ovoz chiqariladi. Chap qoʻl barmoqlari ohangdor torni boʻyinchaga bosib uni qisqartiradi yoki uzaytiradi va shu yoʻl bilan tovush balandligini sozlaydi.

Hatto, XIX-asrning oxirida ham guvohlarning fikriga koʻra, xomis „har bir Kachin oʻtovida“ boʻlgan (P. Y. Ostrovskix)[1]. Biroq, XX asrning 30-yillaridan boshlab, unga qiziqish susaygan va asr oʻrtalariga kelib taomildan chiqib ketgan. XX asrning 70-yillari boshida bu cholgʻuning birgina nusxasi uchragan. 1970-yillarning oxirida boshlangan xakas xalq cholgʻu asboblari, jumladan, xomisning tiklanishi bugungi kungacha qizgʻin davom etmoqda. Musiqa maktablarida xomis chalish oʻrgatiladi. Xakaslar orasida xomis chatxondan keyin ikkinchi eng mashhur cholgʻu hisoblanadi. U yakkaxon, joʻr, ansambl va orkestr cholgʻu asbobi sifatida ishlatiladi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Ostrovskix P. Ye. Etnograficheskie zametki o tyurkax Minusinskogo kraya // Живая старина. Vip. III—IV. SPb, 1895

Adabiyotlar tahrir

    • Ostrovskix P. Ye. Etnograficheskie zametki o tyurkax Minusinskogo kraya // Jivaya starika, vip. III—IV. SPb, 1895;
    • Kenel A. A. Narodnoe muzikalnoe tvorchestvo xakasov. Abakan, 1955;
    • Ungvitskaya M. A., Maynogasheva V. Ye. Xakasskoe narodnoe poeticheskoe tvorchestvo. Abakan, 1972;
    • Stoyanov A. Opisanie xakasskix narodnix muzikalnix instrumentov. Abakan, 1985.