Xonanda ovozi
Xonanda ovozi – odamning ovoz aʼzolari yordamida musiqali tovushlarni hosil qilish qobiliyati. Musiqa uquvi rivoji natijasida bolalik davridan qaror topadi; olchtda, 13 yoshida yetilib, toʻliq hajmi (1,5 oktava)ga erishadi. Ugʻil bolalar Xonanda ovozi rastalik davridan keyin bir oktava pasayib yoʻgʻonlashadi, oʻzgaradi, baʼzan xonandalik xususiyatlari ham yoʻqoladi. Buni oldini olish maqsadida Italiyada 17— 18-asrlarda eng yaxshi Xonanda ovoziga ega oʻgʻil bolalar baʼzan bichilgan. Xonanda ovozi xususiyatlari uning jarangdorligi, shiradorligi, uzok, sadolanishi va kuchliligiga bogʻliq. Odatda, mashq qildirilmagan ovoz va professional Xonanda ovozi boʻladi. Har bir Xonanda ovozi tabiiy xususiyatlarga qarab, operakonsert, kamer, estrada yoki anʼanaviy mumtoz ashulalari ijrochiligiga muvofiqlashtirilib, tarbiyalanishi mumkin. Xonanda ovozi sadosining ravon, tekis yoki, aksincha, sikilib chiqishi ashulachilik usullariga ham boglik (Q Xonandalik uslubi).
Xonanda ovozi diapazoni bir nechta registrga ajratiladi. Turli registrdagi tovushlar har xil tembr va yangroqlikka ega. Mas, erkaklar ovozining pastki diapazoni (koʻkrak registri) shirali va kuchli yangraydi, baland tovushlar registri esa jarangli va quruqroq sadolanadi. Ayollar ovozi esa pastki tovushlar (koʻkrak registri), markaziy (oʻrta balandlikdagi) va baland tovushlar registrlariga boʻlinadi. Professional Xonanda ovozi diapazoni 2 oktavaga ega boʻlishi, registrlar oʻrtasidagi tovushlar esa tekis sadolanishi kerak.
Xonanda ovozi yoʻgʻon-ingichkaligiga va shiradorligiga qarab Yevropa xonandaligida 6 turga boʻlinadi. Ayollar Xonanda ovozi – soprano, metssosoprano va kontralto, erkaklar Xonanda ovozi – tenor, bariton va bas. Erkak ovozlaridan nisbatan baland va ochiqroq yangraydiganlari lirik, yoʻgʻon va quyuqroq eshitiladigan ovozlar dramatik turlarga ajratiladi (mas, lirik tenor). Oʻzbek milliy xonandaligida tovushlar koʻlami keng, salobatli kuchga ega „nor ovoz“, barcha pardalarda aniq eshitiladigan „jarangdor kuvrak ovoz“, shuningdek, „tik ovoz“, „pang ovoz“, „xasta ishkami ovoz“ kabi tushunchalar qoʻllanadi.
Xonanda ovozi sadosi, koʻpincha, soʻz talaffuz etilishi bilan bogʻliq. Ijrosida badiiy matnni tinglovchilarga ravshan qilib yetkazishda, xususan, unli tovushlarni anik, aytish va Xonanda ovozini nutq intonatsiyasi unsurlari bilan uzviy boglay olish muhim ahamiyatga ega.
Ad.:Mamadaliyev F., Milliy musiqa ijrochiligi masalalari, T., 2001.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |