Xontoʻra xoji jome masjidi
Xontoʻra xoji jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Masjid | |
Xontoʻra xoji jome masjidi
Xontoʻra xoji | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Yangiyoʻl |
Manzil | Boʻzsuv qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Umid mahalla fuqarolar yigʻini |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokorlik | 2021—2022 |
Soʻngi imom | Qamariddin domla Qambarov |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirXontoʻra xoji jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Yangiyoʻl tumani, Boʻzsuv qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Umid mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Mazkur masjidga Boʻzsuv qishloq fuqarolar yigʻini, Umid mahalla fuqarolar yigʻini, Temur Malik mahalla fuqarolar yigʻini, Osiyo koʻchasi, Taraqqiyot mahalla fuqarolar yigʻini, Islom ota mahalla fuqarolar yigʻini, Qizil suv mahalla fuqarolar yigʻini, Karanku mahalla fuqarolar yigʻini, Tutzor mahalla fuqarolar yigʻini, Ozod Sharofiddinov mahalla fuqarolar yigʻini, Istiqbol mahalla fuqarolar yigʻini, Taraqqiyot mahalla fuqarolar yigʻini, Paxtakor mahalla fuqarolar yigʻini, Kenglik mahalla fuqarolar yigʻini, Nishon mahalla fuqarolar yigʻini, Qoʻshdaryo mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Qamariddin domla Qambarov hisoblanadi.
Tarixi
tahrirXontoʻra xoji jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Yaqin yillarda amalga oshirilgan qayta taʼmirlash ishlari asosan, islom meʼmorchiligi asosida bunyod etildi. Hozirda jome masjid hududida imom-xatib xonasi, xonaqoh, tahoratxona, kutubxona va ziyoratchilarni qabul qilish xonalari mavjud. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 2002-yil 23-avgust kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
tahrir- ↑ „ХОНТЎРАХОЖИ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.