Xorazm arxitektura va qurilish texnikumi
Xorazm arxitektura va qurilish texnikumi (Xorazm AQT) - oʻrta-maxsus professional taʼlim muassasasi. Oʻzbekistondagi ilk texnikumlardan biri boʻlib, 1965-yilda Xorazm viloyati, Urganch shahrida tashkil etilgan. Texnikum 1999-yildan Urganch qurilish kolleji sifatida faoliyat yuritgan. Oʻzbekistn Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi PQ-5241-son Qarori asosida Xorazm arxitektura va qurilish texnikumi sifatida qayta faoliyat boshlagan.
Xalqaro nomi |
Khorezm architecture and construction technical school |
---|---|
Turi | Texnikum |
Asos solingan sanasi | 1965 |
Rektori | Abdullayev Hayitbay Durdiyevich |
Manzili |
Pahlavon Mahmud koʻchasi, 162-uy, Urganch shahri, 220100, Oʻzbekiston |
Texnikum tarixi
tahrir1965-yil 28-avgustdagi Oʻzbekiston Ministrlar Soveti Qaroriga asosan Urganch shahrida Xorazm Davlat Pedagogika Instituti binosi negizida Qurilish texnikumi oʻz faoliyatini boshlagan. Texnikumga tajribali muallimlar tanlanib, jamoaning pedagogkik kadrlari safi mustahkamlangan.
Ushbu davrda direktor oʻrinbosarlari I.B.Soy, J.Jobborov, kafedra va boʻlim mudirlari E.Xudayberganov, O.Sodiqov, O.Masharipova, M.Sobirova, X.Fatxullayev, Z.Hakimov, oʻqituvchilardan R.Karimov, N.S.Golovanov, Kim Den Xen, Y.S.Gayazova kabi oʻnlab ustozlar samarali mehnat qilishgan.
Texnikumni birinchi direktori - pedagogika fanlari nomzodi Said Ollaberganovdir. U 1965-yildan 1988-yilgacha direktor lavozimida faoliyat yuritgan.
1988-yildan 2007-yilgacha Memorchilik fanlari nomzodi, professor Ibodulla Boyjonov texnikumga rahbarlik qilgan. 2007-yildan hozirgi kungacha Hayitboy Abdullayev texnikum direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Faoliyati
tahrirXorazm AQTda kadrlash tayyorlash Xalqaro standart tasniflagichning kamida 5-darajasiga mos taʼlim dasturlari asosida amalga oshiriladi. Texnikum kunduzgi, sirtqi va dual taʼlim shakllarida faoliyat yuritib, bugungi kunda 6ta yoʻnalish: Arxitektura, Bino va inshootlar qurilishi, Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari, Kompyuter injinering va Buxgalteriya hisobi va audit yo'nalishlarida yoshlarga ta'lim berib kelinmoqda.
Manbalar
tahrir- “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘Zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori
- Texnikum rasmiy telegram sahifasi
- Bu sahifa oxirgi marta 13-Mart 2024, 03:45 da tahrir qilingan.