Xoshim Sattarov

O‘zSSR Markaziy Ijroiya Komiteti aʼzosi

Sattarov Xoshim Og‘aliqovich (1904-yilda tugʻilgan — 1938-yil 4-oktyabrda vafot etgan) — O‘zSSR Sog‘liqni Saqlash Xalq Komissarligida kadrlar mudiri, Toshkent Tibbiyot instituti direktori, O‘zSSR Markaziy Ijroiya Komiteti aʼzosi.

Xoshim Sattarov
Tavalludi 1904-yil
Vafoti 4-oktyabr 1938-yil
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi Moskva davlat Tibbiyot instituti
Kasbi shifokor, siyosatchi
Faoliyat yillari 1922—1937-yillar

Hayoti va taʼlimi

tahrir

1904-yili Namangan viloyati, Namangan shahrida oddiy dehqon oilasida tavallud topgan. Oilasi 7 kishidan iborat boʻlgan: rafiqasi, o‘g‘li, xotinining 2 singlisi va otasi. Toshkent shahrida, 1-may ko‘chasi, 74-uyda istiqomat qilgan[1].

1938-yil 4-oktyabr sanasida SSSR Oliy harbiy hamjamiyati sayyor sessiyasining Toshkentdagi yig‘ilishida S. X. Og‘aliqovich otish jazosiga hukm etildi va oʻsha kunning oʻzida otib tashlandi[2].

1917—1919-yillarda „Namuna“ xalq maktabida o‘qidi. 1930-yili Moskvadagi Tibbiyot institutini tugatib, ichki kasalliklar bo‘yicha shifokor mutaxassisligiga ega bo‘lgan. 1919-yili Toshkentda O‘zbekiston pedagogika instituti huzuridagi kursda 1922-yilgacha tahsil oldi. Muassasani tamomlab, Moskvaga Kalinin nomidagi ishchilar fakultetiga o‘qishga kirdi va 1925-yilda tugatdi. Sattarov o‘sha yilning o‘zida ishchilar fakulteti tomonidan 1-sonli Moskva davlat universiteti Tibbiyot fakultetiga o‘qishga yuborildi, 1930-yili shu universitetning Tibbiyot fakultetini tamomladi. Tibbiyot institutini bitirgandan so‘ng, Moskvadagi SSSR Tropik instituti aspiranturasida oʻqishni davom ettirgan[3].

Faoliyati

tahrir

1931-yil may oyida O‘z K(b)P Markaziy Komiteti qarori asosida Toshkentga ishlash uchun chaqirib olindi. Keyinchalik O‘zK(b)P Markaziy Komiteti qaroriga muvofiq O‘zSSR Sog‘liqni Saqlash Xalq Komissarligida kadrlar mudiri etib saylandi. Ushbu lavozimda 1931-yilning 15-may sanasidan 1932-yilgacha ish olib bordi. 1932—1934 yillar oraligʻida esa O‘zSSR Sog‘liqni Saqlash Xalq Komissari o‘rinbosari sifatida xizmat qildi. 1932-yil iyunidan boshlab Toshkent Tibbiyot instituti direktori bo‘lib ishlay boshladi. Sovetlar V qurultoyida O‘zSSR Markaziy Ijroiya Komiteti aʼzosi etib tayinlandi[3].

Adabiyotlar

tahrir
  • Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432-bet. ISBN 978-9943-00-481-8. 

Manbalar

tahrir
  1. O‘zR PDA. 58-fond, 78-ro‘yxat, 147-ish — 90–97-bet. 
  2. RF FXXMA,. 7-fond, 1-ro‘yxat, 10-ish — 531-bet. 
  3. 3,0 3,1 Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432-bet. ISBN 978-9943-00-481-8.