Xoshimin metropoliteni
Maʼlumot
Davlat Vyetnam bayrogʻi Vyetnam
Shahar Xoshimin
Ochilgan vaqti 2022-yil
Boshqaruvchi shirkat Shahar temir yo'l transporti boshqarmasi
Davlat Vyetnam bayrogʻi Vyetnam
Uzunligi 19,7 km
Stantsiyalari soni 25 (qurilmoqda)
171 (loyihalashtirilmoqda)
Yoʻllari soni 1 (qurilmoqda)
7 (loyihalashtirilmoqda)
Kunlik yoʻlovchilar soni
Yillik yoʻlovchilar soni
Boshligʻi {{{Boshligʻi}}}
Sxemasi

Xoshimin metropoliteni — Xoshimin shahrida qurilayotgan metro tizimi.

Birinchi liniyaning qurilishi 2008-yilda boshlangan va qurilishni yakunlash 2022-yilga moʻljallangan. Metro liniyalarining aksariyati hali ham loyihalashtirilmoqda. Metro ochilishidan keyin Vyetnamda Xanoydan keyingi ikkinchi metro boʻladi. Shuningdek, 2013-yilda 2024-yilda foydalanishga topshiriladigan ikkinchi liniya (Bakeo) qurilishini boshlash rejalashtirilgan edi[1].

Tarixi tahrir

Dastlabki loyihalar (2001-2012) tahrir

Birinchi metro loyihasi 2001-yilda Osiyoning boshqa shaharlariga taʼsir qilgan jiddiy transport muammolarini oldini olish uchun Xoshimin shahrida jamoat transportini yaxshilash loyihasi doirasida taklif qilingan[2][3].

2001-yil fevral oyida taqdim etilgan dastlabki bosh rejaga koʻra, metro olti liniyadan iborat boʻladi. Dastlab loyiha 1,5 mlrd AQSH dollarini tashkil qilishi va 10 yil davomida amalga oshirilishi kutilgan edi.

Reja 2007-yilda kamida oltitadan kam boʻlmagan liniyani oʻz ichiga olgan holda qayta koʻrib chiqilgan. Shahar transportini 2020-yilgacha rivojlantirishning bosh rejasida umumiy uzunligi 37 kilometr bo‘lgan uchta monorels yoki tezyurar temir yo‘l liniyasi va umumiy uzunligi 107 kilometr bo‘lgan oltita metro liniyalari qurilishi ko‘zda tutilgan[4]. Allaqachon transport markazi boʻlgan 1-okrugdagi Bantxang bozori kattalashadi va bir nechta liniyalarni bogʻlaydi.

Joriy loyiha (2013-yildan) tahrir

Soʻnggi taklif qilingan loyiha 2007-yilda taklif qilingan loyihaning qayta koʻrib chiqilgan versiyasi boʻlib, u 2013-yil 8-aprelda tasdiqlangan[5][6]. Birinchi liniya qurilishi 2008-yilda boshlanib, 2014-yilga qadar yakunlanishi kerak edi, ammo moliyalashtirish muammolari tufayli qurilish faqat 2012-yilda boshlangan va liniya 1-okrugdagi Bantxang bozori va 9-okrugdagi Syuten istirohat bogʻini bogʻlashi kerak edi. Ochilish sanasi esa 2018-yilga koʻchirildi[7][8].

2013-yil sentabr oyida Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki va Ispaniya hukumati bilan 5-liniya qurilishini moliyalashtirish uchun 850 million yevro ajratish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi[9].

2017-yil 13-sentabrda hukumat xarajatlarning ortishi, pudratchilarga to‘lovlarning kechiktirilishi va barcha turdagi tekshiruvlar tufayli birinchi liniya ochilishini 2020-yilga[10] ko‘chirilishini eʼlon qildi. Taxminlarga koʻra, ochilishdan soʻng liniya kuniga 160 ming yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadi. 2030-yilga borib bu raqam 635 mingga, 2040-yilga kelib esa kuniga 800 ming kishiga ko‘tariladi. Bekatlarda nogironlar va ko‘zi ojiz yo‘lovchilar ham kirishlari mumkin bo‘lgan chiptalar, hojatxonalar, telefon kabinalari va maʼlumot shtablarini joylashtirish rejalashtirilgan.

2019-yil 28-yanvarda Loyiha boshqaruvi direktori Duong Xuu Xoa 2018-yil dekabr holatiga ko‘ra 1-liniya qurilishining borishi 62 foizga yetganini aytdi. Loyiha mahalliy matbuotda qayta-qayta kechiktirilgani uchun tanqid qilindi[11].

Ikkinchi liniya qurilishi dastlab 2013 yilda boshlanib, 2018 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq 2017-yil 13-sentabrda mahalliy hokimiyat bosh vazirdan ikkinchi liniya qurilishini 2020-yilgacha, 2024-yilda yakunlanishini kechiktirishni so‘radi. 2020-yil fevral oyida birinchi liniyaning ochilishi 2021 yil oxiriga rejalashtirilgan edi. Liniyaning xarajatlari ham 1,3 milliard dollardan 2,1 milliard dollargacha oshdi[12][13]. 2021-yil fevral oyida metro ochilishi yana bir yilga, 2022-yil oxiriga koʻchirildi[14].

Sxema tahrir

 
Taxminiy liniyalar dizayni
Liniya rangi Liniya raqami Liniya nomi Uzunligi Bekatlar soni Soʻnggi bekatlar Izoh
Qizil
 1
S: Sài Gòn 19,7 km 14 Bantxang bozori
↔Syuten Park
Qurilmoqda[15]
Byenxoa yoki Bindonggacha uzaytirish ehtmoli mavjud
Sariq
 2 
B: Bà Quẹo 48 km 42 Shaharning shimoli-gʻarbiy hududlari
↔ Txutxeym
Qurilish 2020-yilda qayta boshlanadi
1-bosqich: Bantxang ↔ Txam Luong 11 ta bekat[16].
Ko'k
 3A 
K: Tân Kiên 19,8 km 17 Bangtxang
↔ Tankien
Loyihalashtirilmoqda Tan hududigacha uzaytirish ehtmoli mavjud
Binafsharang
 3B 
N: Thị Nghè 12,2 km 10 Respublika markazi
↔ Xipbenpxuok
Loyihalashtirilmoqda
Txudaumotgacha uzaytirish ehtmoli mavjud
Yashil
 4
G : Gò Vấp 35,75 km 32 Thanhsuyan
↔ Xipfuok
Loyihalashtirilmoqda
Yashil
 4
T : Tân Sơn Nhất 3,2 km 3 Giyadin bogʻi (4-liniya)
↔ Maqbara (5-liniya)
Loyihalashtirilmoqda 1-bosqich: Tanshonnyat ↔ Maqbara[17]
Moviy
 5 
C : Cần Giuộc 23,39 km 22 Avtovokzal
↔ Xoshimin koʻprigi
Loyihalashtirilmoqda
1-bosqich: Beyhiyen ↔ Xoshimin koʻprigi [18]
Tillarang
 6 
Đ : Đầm Sen 6,8 km 7 Respublika markazi
↔ Fulam markazi
Loyihalashtirilmoqda

Loyiha, shuningdek, 2 ta monorels va tramvay liniyasini qurishni oʻz ichiga oladi.

Liniya tavsifi Uzunligi Bekatlar soni Marshrut Izoh
Tramvay 12,8 km 6 Bason (1 qator) — Vovankiyet — Lichiuxoang — Gʻarbiy avtovokzal (Bến xe Miền Tây) Loyihalashtirilmoqda
Bin Kuoygacha uzaytirish ehtmoli mavjud
Monorels 1 27,2 km ? Magistral 50 — Suantuy — Bin Kuoy Loyihalashtirilmoqda
Monorels 2 16,5 km ? Nguyenoan va Fanvantri — Kuangchung shahri — Tanchanxip bekati Loyihalashtirilmoqda

Qurilish tahrir

 
Birinchi liniyasi sxemasi

 S  1-liniya tahrir

Umumiy uzunligi 19,7 km boʻlgan birinchi liniya qurilishi 2008-yilda boshlangan va 2022-yilda yakunlanishi kutilmoqda[19]. Birinchi liniya Xanoy shossesiga parallel ravishda oʻtadi. Bu liniya 14 ta bekatdan iborat boʻlib, unga bitta depo xizmat koʻrsatadi.

 B  2-liniya tahrir

 
Ikkinchi liniya sxemasi

Uzunligi qariyb 48 km boʻlgan ikkinchi liniya loyihasi 2010-yilda tasdiqlangan, biroq inflyatsiya va boshqa moliyaviy qiyinchiliklar tufayli qurilishni boshlash kechiktirilgan edi. Biroq, qurilish boshlandi va liniya 2024-yilgacha foydalanishga topshirilishi kerak.

Texnik xususiyatlari tahrir

  • Platformaning uzunligi: 125 m;
  • Stansiyalar orasidagi oʻrtacha masofa 700–1300 m;
  • Oʻrtacha tezlik: 80 km/soat;
  • Oraliq vaqt: 4 daqiqa (pik vaqtda 2 daqiqa);
  • Tunnel kengligi: 3 m.

Tariflar tahrir

Yoʻlovchilarni ragʻbatlantirish uchun Xoshimin metro tarmogʻida yoʻlkira narxi minimal boʻladi, 2500 VND (1200 soʻm). Taqqoslash uchun: shahar ichida avtobus yo‘lkira narxi odatda 3000 VNDni tashkil qiladi (2013-yil holatiga ko‘ra, avtobusda yo‘lkira narxi 5000 dan 7000 VNDgacha[20][21][22]). Sayohat chiptasi ham mavjud boʻlib, u metroda ham, avtobusda ham amal qiladi.

Manbalar tahrir

  1. Saigon metro lines cost escalation cleared, construction not to stop. VNExpress.net.
  2. Robert Schwandl. Ho Chi Minh City Metro. UrbanRail.net.
  3. {{{заглавие}}}.
  4. M.Vong. Vietnam to build first subway with Japanese aid. Thanh Nien (2007-yil 10-aprel). 2012-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 14-may.
  5. Decision 568/QĐ-TTg. Thu Vien Phap Luat.
  6. Master plan of urban railways system (en). MAUR.
  7. Ho Chi Minh City Metro — Railway Technology
  8. The work begins: HCM City to have first subway in 2014. VietnamNet Bridge (2010-yil 30-aprel).[sayt ishlamaydi]
  9. City Metro Project receives Euro850 million funding. SGGP (2013-yil 12-sentyabr). 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-sentyabr.
  10. {{{заглавие}}}.
  11. Nguy cơ tạm dừng dự án Metro số 1 TP.HCM: Hậu quả khôn lường! — Tuổi Trẻ Online
  12. Vietnam Insider, „First Metro Line in Ho Chi Minh to Launch Next Year“, 19 February 2020.
  13. TheLEADER.VN. HCM City calls for additional US117.8 billion in eight urban railway routes (en). TheLEADER (2018-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 9-may.
  14. Saigon 1st metro line completion pushed back to 2022 — VnExpress International
  15. TP HCM khởi công ga ngầm metro Bến Thành.
  16. TPHCM khởi công tuyến tàu điện ngầm số 2.
  17. 5 tuyến metro của TP HCM đang triển khai đến đâu?. 2018-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-iyul.
  18. TPHCM: Tuyến metro số 2 và 5 đủ vốn vẫn chưa thể khởi công. 2017-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-may.
  19. Tuyến metro số 1 Bến Thành - Suối Tiên bây giờ ra sao?.
  20. Bus fares to be increased since October 1 in Hanoi. VNExpress (2012-yil 22-avgust).
  21. Bus fares to be increased in Ho Chi Minh city. VNExpress (2012-yil 25-dekabr). Qaraldi: 2013-yil 1-iyun.
  22. David M. Lenard. Ho Chi Minh's subway dreams. Asia Times (2004-yil 3-noyabr). 2010-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-iyun.