Xotima
Xotima – badiiy, ilmiy asarlarga yakun sifatida yoziladigan qoʻshimcha qism. Badiiy asar xotimasida yozuvchi asar qahramonlarining keyingi taqdiri haqidagi mulohazalarini qisqa bayon qiladi.
Teatr-dramatik asarlar (koʻproq komediyalar)da aktyor-personajlarning namoyish qilingan voqealar mazmuni haqidagi yakuniy xarakteristikasi yoki ularning tomoshabinlarga qarata nasihat, minnatdorchilik, iltifot koʻrsatish maʼnosidagi murojaati (Shekspir, Brext Bertolt, Molyer dramalari) tushuniladi.
Yunon dramaturgiyasida xotima vazifasini xorning yakuniy monologi bajargan. Koʻpgina roman va qissalarning xotimasida qahramonlarning syujet yechimidan soʻng maʼlum vaqt oʻtgandan keyingi hayoti tasvirlanadi. Ayni bir paytda xotimada tasvirlangan voqealarning axloqiy, falsafiy, estetik jihatlari haqida mulohaza yuritiladi. Lev Tolstoyning „Urush va tinchlik“, Abdulla Qodiriyning „Oʻtkan kunlar“, Abdulla Qahhorning „Sinchalak“ asarlarida xotima namunalari mavjud[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „Xotima“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (X-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |