Bosh menuni ochish

Xotira — inʼikos etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon. U nerv sistemasi xususiyatlaridan biri boʻlib, tashqi olam voqealari va organizm reaksiyalari hakidagi axborotni uzoq saklash hamda uni ong faoliyatida va xulq, xattiharakat doirasida takror tiklash qobiliyatida namoyon boʻladi.

Xotira- individning o'z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi.

X. hakidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari (Aristotel va boshqalar)da uchraydi. Xususan, Forobiy X.ga bilishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab, X.ni faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini alohida taʼkidlagan.

X.ning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining muvaqqat bogʻlanishi (qarang Assotsiatsiya) va ularning keyingi faoliyatidan iborat. X. kulami, axborotlarning uzoq vaqt va mustaxkam saklanishi, shuningdek, muhitdagi murakkab signallarni idrok etish va adekvat reaksiyalarda ishlab chikish bosh miya nerv hujayralari (neyronlar) sonining koʻpayib borishi hamda uning strukturasi murakkablashuvi jarayonida oʻsib boradi. Fiziologik tadqiqotlarda qisqa va uzok, muddatli X.lar qayd etilgan. Qisqa muddatli X.da axborotlar bir necha dakiqadan bir necha oʻn minutgacha saqlanadi, neyronlar ishiga xalal berilganda (mas, elektr shok, narkoz taʼsirida) u buziladi. Uzoq muddatli X.da axborotlar odam umri boʻyi saqlanib turli taʼsirlarga chidamli boʻladi. Kisqa muddatli X. astasekin uzoq muddatli X.ga aylanadi. X. ruhiyatning oʻtmish holati bilan hozirgi holati va kelgusidagi holatlarga tayyorlash jarayonlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni koʻrsatadi. Boshqa psixik hodisalar kabi X. ham shaxsning xususiyatlari, uning ehtiyoji, qiziqishlari, odati, feʼlatvori va sh.k. bilan uzviy bogʻliq.

X. namoyon boʻlishdagi shakliga koʻra, shartli ravishda emotsional X. (histuygʻuni esda tutish), obraz X.si (narsalarning tasviri va xususiyatlarini esda tutish), soʻzmantiq X.si (narsalarning mohiyati, mazmunini soʻz bilan ifodalangan hodda esda tutish) kabi turlarga boʻlinadi. Bulardan insondasoʻzmantiq X.si yetakchi oʻrin tutadi. X.ning barcha turi bir-birlari bilan chambarchas bogʻliq holda kechadi. Psixologiyada, shuningdek, ixtiyoriy va ixtiyorsiz X.lar farq qilinadi. Ixtiyoriy X.da muayyan materialni esda olib qolish oldindan maqsad qilib qoʻyiladi; ixtiyorsiz X.da bunday maksad boʻlmaydi — biror faoliyatda (mas, mehnat jarayonida yoki kim bilandir suhbatlashib turilganda) oʻzoʻzidan esda saqlab qolinadi. Barqarorligi jihatdan ixtiyoriy X. ixtiyorsiz X.dan samaraliroq.

Fanda X. bilan bogʻliq ravishda unutish masalasini oʻrganishga ahamiyat berilmoqda. "Normal" unutishni psixik kasalliklardagi X. buzilishidan farq qilmoq kerak. Bu kasalliklarda X. susayishi (gipomneziya), yoʻqolishi (amneziya) yoki bir tomonlama kuchayishi (gipermneziya) kuzatiladi. Baʼzi kasalliklarda u sifat jihatdan buziladi: bemorga boʻlmagan voqealarni goʻyoki oʻz boshidan kechirgandek tuyuladi, yoki qachonlardir boʻlib oʻtgan voqealarni kecha yoki bugun roʻy bergan deb oʻylaydi (konfabulyatsiya, psevdoreminssensiya), Bunday soxta X.lar kishida jiddiy ruhiy xastaliklar oqibatida kelib chiqadi. Bunday kasalliklarga bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, shikastlanish, miyaga qon quyilishi holatlari, ogʻir zaharlanishlar oqibati (mas, alkogolizmda uchraydigan psixoz) va sh.k. kiradi. X. buzilganda uni keltirib chiqaruvchi asosiy kasallikni davolashga eʼtiborni qaratish kerak.