Xrom rudalari (mineral)
Xrom rudalari, xromitlar - tarkibida texnik jihatdan sanoatda ishlatishga yarokli hamda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq miqsor va konsentratsiyada xrom boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. Tarkibida xrom boʻlgan minerallardan faqat xromshpinelidlar sanoat ahamiyatiga ega. Xrom rudalari (mineral) ning asosiy minerallari — xromshpinelidlar va silikatlar — serpentin, xlorit, baʼzan olivin, piroksen, plagioklaz, uvarovit, xromaktinolit, talk, brusit, karbonatlar, sulfidlar va boshqa Yaxlit va xolxol Xrom rudalari (mineral) maʼlum. Rudalarda muhim komponentlarning miqdori: Sg2O3 10—62%; A12O3 4,034%, Gʻe2O3 1,018%; GʻeO 7,0— 24%; MgO 10,533%; SiO2 0,427% boʻlib, baʼzilarida platina guruhi elementlari 0,1—0,2 g/t va Ai 0,2 g/t gacha boʻladi. Zararli aralashmalar — S, R va Sa 1% dan ortiq. Ruda tanalarining shakli turlicha: platformalardagi stratiform massivlarda — qatlam shaklida, qalinligi bir necha oʻn sm dan bir m gacha, baʼzan bir necha km ga choʻzilishi mumkin; burmali oblastlardagi massivlarda — choʻziq linzasimon, shtoksimon shakllarda boʻladi. Xrom rudalari (mineral) konlari bazaltoid va ultraasosli magmalarning kristallanishidan hosil boʻladi. Xromitli formatsiyaning 3 turi: peridotitortopiroksenitnoritli formatsiya (platformalarda), peridotitli va gabbonoritperidotitli formatsiya (geosinklinal oblastlarda) farq(qilinadi. Xrom rudalari (mineral) delyuvial, elyuvial va dengiz sohillaridagi sochmalarda ham mavjud. Sanoatda foydalanish boʻyicha rudalarning metallurgik, olovbardosh va kimyoviy tiplari maʼlum. Xrom rudalari (mineral)ning asosiy konlari JAR, Zimbabve, Rossiya Federatsiyasi (Ural), Turkiya, Filippin o.lari, Hindiston va Finlandiyada bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |