Xromoplastlar
Xromoplastlar (xroma (o)... va yun. plastos — yasalgan) — pishgan mevalar, gultojibarglar, kuzgi yaproklar, baʼzi sabzavot ildizlari (mas, sabzi) hujayralari tarkibida uchraydigan sariq, toʻqsariq, qizil rangli plastidalar. Xromoplastlar rangi karotinoidlar deb ataluvchi pigmentlar tarkibiga bogʻliq. Baʼzi karotinoidlar lipidlarda erigan holda boʻladi; boshqalari esa oqsil fibrillalarida toʻplanadi. Xromoplastlar ham xloroplastlar singari ikki qavat membranalar bilan oʻralgan, lekin tilakoidlarining juda kam boʻlishi yoki butunlay boʻlmasligi bilan ulardan farq qiladi. Xromoplastlar plastidalar rivojlanishining oxirgi bosqichi boʻlib, xloroplastlar yoki leykoplastlardan vujudga keladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |