Xromoproteidlar (xromo... va protpeidlar) — murakkab boʻyalgan oqsillar. Tarkibida xromoproteid yutilishi spektrini belgilovchi prostetik guruh boʻladi, yaʼni X. rangini belgilaydi. Prostetik guruh tuzilishiga binoan, X. gemoproteidlar, flavoproteidlar, retinilidenproteidlar, fikobilinlar va boshqalarga ajratiladi. X. energiya uzatilishi va oʻzgarishi bilan bogʻliq jarayonlar (nafas olish, fotosintez, koʻrish va boshqalar)da ishtirok etadi.