Xronograf
Xronograf (xron... va ...graf) — qisqa vaqt oraliqlarini oʻlchash va biron bir voqeaning sodir boʻlish vaqtini aniq qayd qilish uchun moʻljallangan asbob. Qayd qilish anikligi 0,001 s. Qayd qilish usuliga koʻra, yozma (qogʻoz lentaga chiziqlar chizadi), bosma (chop qiluvchi) va foto (fotoplyonkaga suratga tushiruvchi) turlarga boʻlinadi. Yozma X.da voqeaning sodir boʻlish payti bir tekis harakatlanib turuvchi qogʻoz lentaga oʻziga xos tuzilishdagi perolar yordamida qayd qilinadi. Bosma X.da perolar oʻrniga igna ishlatiladi. Bunday X.da 4 ta aylanuvchi disk boʻlib, ularning gardishida soat, minut, sekund va sekund ulushlari kursatiladi, ulushlar doirasi 1 sekundda, sekundlar doirasi 1 minutda, minutlar doirasi 1 soatda va soatlar doirasi 24 soatda bir marta aylanadi. Qayd qilinadigan vaqt yozuv mashinkasi lentasi orqali qogʻoz lentaga bosiladi. Foto X.da vaqtni koʻrsatuvchi doiralarning maʼlum kdemi chaknovchi lampa yorugʻligi yordamida fotoplyonkaga tushiriladi. Astronomiya, geodeziya, aviatsiya va dengiz navigatsiyasida aniq soat — xronometrdan foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |