Xudo cherkovi - 1884-yilda AQSHning Tennesi shtatida tashkil etilgan. Ushbu cherkov XVI asrda tugagan reformatsiyani davom ettirish g‘oyasini olg‘a suradi. Cherkov har qanday aqidalardan pok, huddi Iso Masih davridagidek, sevgi bilan ish olib borilishi lozim degan aqidaga tayanadi.Shu g‘oyalarni amalga oshirish uchun 1886 yili xristian ittifoqi tuzilib, 1902 yili uning asosida “Muqaddaslik cherkovi” tuzildi va 1907 yili u “Xudo cherkovi” nomini oldi.«Xudo Cherkovi» trinitarian-pyatidesyatnik e’tiqodiga mansub bo‘lib, “uch krizis” aqidasiga tayanadi. Hozirgi kunda tashkilotni har ikki yilda yig‘iladigan «Markaziy Assambleya» boshqaradi. Uning 8 ta nashri mavjud. AQSHning o‘zida cherkov a’zolarining soni 500 ming kishini tashkil etadi. Ushbu cherkov 72 mamlakatda missionerlik faoliyatini olib bormoqda[1].

Manbalar

tahrir
  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 408.

Adabiyotlar

tahrir
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.