Xeops
(Xufudan yoʻnaltirildi)
Xeops (yunoncha: Cheops), Xufu (misrcha) – Misr firʼavni (mil. av. 27-asr boshi). X. davriga oid yilnomaning qoldiqlari, shuningdek, X.ning Magxara vodiysi (Sinay yarim oroldagi mis va feruza konlari yaqinida joylashgan)da badaviylar ustidan qozongan gʻalabasi aks etgan qoyatoshga oʻyib ishlangan rasm saqdanib qolgan. X. ismi Nubiyaning shim.da, Abu Simbaldan shim.gʻarbdagi diorit tosh konlarida aniqlangan. Gerodot ehromlar bunyod etishning qad. misrcha anʼanasini bayon qilar ekan, X.ni Misrga kulfat keltirgan, xalqni oʻzi uchun ishlashga majbur etgan mustabid hukmdor sifatida tasvirlaydi. Gizadagi X. ehromi – Misr ehromlari orasida eng katta boʻlib, bal. 146,6 m ni tashkil etadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |