Xurmiz qal’asi — Eronning Yazd viloyatida joylashgan qal’a. U Sosoniylar davrida barpo etilgan boʻlib, olti minoraga ega. Toʻrt minora qal’aning toʻrt tarafida va ikki minora qal’aning uzunasi boʻylab qurilgan. Qal’aning chap qanotida toshdan qurilgan quduq mavjud boʻlib, u „Sohib uz-zamon qudugʻi“ deb ataladi. Qal’a Mehriz shahridagi qadimiy imorat boʻlib, Xurmuz ibn Anushervon buyrugʻiga binoan Xurmiz qishlogʻiga kiraverishdagi tosh tepalik ustiga barpo etilgan[1].

Manbalar tahrir

  1. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 283 bet. ISBN 978-600-9675-31-3.