Xurshid Davron
Xurshid Davron (asl ismi: Davronov Xurshid, 1952-yil 20-yanvarda Samarqand shahri yaqinidagi Chordara qishlogʻida tugʻilgan) — oʻzbek shoiri, dramaturgi, tarixchisi, yozuvchisi va tarjimoni. Oʻzbekiston xalq shoiri (1999). Adabiyot sohasida beriladigan Mahmud Koshgʻariy nomidagi Xalqaro mukofot (1989), Xalqaro „Oltin qalam“ mukofoti (2009), Ozarbayjonning „Mikoyil Mushfiq“ mukofoti (2013) bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston Respublikası Oliy Majlisining deputati (2000). „Doʻstlik“ ordeni (1997) bilan mukofotlangan. Xurshid Davronning ilk sheʼriy toʻplami ("Sheʼrlarim") nomi bilan 1976-yilda chop etilgan, birinchi kitobi("Qadrdon quyosh") 1979-yilda bosib chiqarilgan. Shundan soʻng shoirning "Shahardagi olma daraxti" (1979), "Tungi bogʻlar" (1981), "Uchib boraman qushlar bilan" (1983), "Toʻmarisning koʻzlari" (1984), "Bolalikning ovozi" (1986), "Qaqnus" (1987), "Bahordan bir kun oldin" (1989), "Bibihonim" singari kitoblari dunyoga keldi.
Xurshid Davron | |
---|---|
Oʻzbekiston xalq shoiri | |
![]() Xurshid Davron - Oʻzbekiston xalq shoiri | |
Taxalluslari | Xurshid Davron |
Tavallud sanasi | 20-yanvar 1952-yil |
Tavallud joyi | Samarqand, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Faoliyat turi | shoir,yozuvchi |
Yoʻnalish | Adabiyot |
Janr | she'riyat,nasr,tarix |
Asarlari tili | Oʻzbek |
Hayoti va ijodiy faoliyatiTahrirlash
Samarqand tumanidagi 2-sakkiz yillik, 1-oʻrta maktabda tahsil olgan (1959-1969).1969-yilda Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.1971-1973 yillarda harbiy xizmatni oʻtagan. Uzoq yillar (1974-1989) nashriyot sohasida, Maʼnaviyat va maʼrifat markazida faoliyat yuritgan. 1996-2014 yillar Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi OʻzTV Bosh muharriri, „Toshkent“, „Yoshlar“, „Oʻzbekiston“ telekanallari direktori vazifasida ishladi.
Dastlabki sheʼrlar toʻplami — „Qadrdon quyosh“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1979). „Shahardagi olma daraxti“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1979), „Tungi bogʻlar“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1981), „Uchib boraman qushlar bilan“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1983) „Toʻmarisning koʻzlari“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1984), „Bolalikning ovozi“ (1986), „Qaqnus“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1987) va „Bahordan bir kun oldin“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1997) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Sheʼrlarida voqelikka yangicha nigoh bilan qarovchi, tabiat, jamiyat va kishilar hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlarni sinchkovlik bilan kuzatuvchi, ayni paytda bokira yoshlikka xos hayrat hissini saqlab qolgan zukko shoir sifatida gavdalanadi. X.Davron soʻzga, ifoda vositalari va sheʼriy shakllarga yuksak mezonlar asosida yondashadi.
Xurshid Davron 90-yillarda sheʼriyatdan koʻra nasriy janrlarda samarali ijod qildi. U oʻtmishda yashagan unutilmas tarixiy siymolar hayoti va faoliyati bilan qiziqib, ular haqidagi moʻtabar qoʻlyozma manbalar bilan tanishdi. Bu qiziqish natijasida 'Samarqand xayoli' Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1989), 'Sohibqiron nabirasi' Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1995), 'Shahidlar shohi yoxud Shayx Kubro tushlari' Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1998,2008), 'Bibixonim qissasiʼ Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (2006), kabi tarixiy-maʼrifiy qissa va 'Algʻul' Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1995), 'Boburshoh sogʻinchi' Wayback Machine saytida arxivlandi (2013-10-15). (1996) pyesalarini yaratdi. Xurshid Davron bu asarlari bilan 90-yillarda Oʻzbekistonda tarixiy oʻtmishga boʻlgan munosabatning yana ham qizgʻin tus olishiga munosib hissa qoʻshdi.
Adib ayni paytda Samarqandda boʻlib oʻtgan Amir Temurning 660, Ulugʻbekning 600-yilligiga, Parijda YUNESKO qarorgohida, „Odeon“ teatrida namoyish etilgan Buxoro va Xivaning 2500 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va 21 qismli „Temurnoma“, 2 qismli „Buxoroyi Sharif“ videofilmlari ssenariylari muallifi. Sharq va Gʻarb shoirlarining asarlaridan iborat „Qirq oshiq daftari“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1989) va yapon shoirlarining sheʼrlaridan tarkib topgan „Dengiz yaproqlari“ (1988) toʻplamlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Xurshid Davron sheʼrlari 40 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Uning kitoblari va sheʼrlari Ozarbayjon, Polsha, Xitoy, Bolgariya, Rossiya, Turkiya, Eron, Fransiya, Ispaniya, AQSh, Yaponiya, Moʻgʻuliston, Hindiston, Germaniya, Latviya, Litva, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va boshqa davlatlarda nashr etilgan. Rus tilida 2 kitobi („Drevniy napev molodogo dojdya“. Moskva., Molodaya gvardiya, 1982 va „Polet odinokoy ptitsi“. Toshkent., 1989) nashr etilgan. Xurshid Davron 1993-yilda Turkiyaning Bursa shahrida boʻlib oʻtgan Birinchi Turkiy shoirlar anjumanida, 1996-yilda Vashingtonda boʻlib oʻtgan Osiyo adiblari kongressida, Rossiya, Polsha, Bolgariya, Janubiy Koreyada oʻtkazilgan poeziya festivallarida ishtirok etgan.
BibliografiyaTahrirlash
Chop etilgan kitoblari:Tahrirlash
- Qadrdon quyosh. Sheʼrlar. T., 1979
- Shahardagi olma daraxti. Sheʼrlar. T., 1979
- Tungi bogʻlar. Sheʼrlar. T., 1981
- „Drevniy napev molodogo dojdya“. Moskva., Molodaya gvardiya, 1982
- Uchib boraman qushlar bilan. Sheʼrlar. T., 1983
- Toʻmarisning koʻzlari. Sheʼrlar va doston. T., 1984
- Bolalikning ovozi. Sheʼrlar. T., 1986
- Qaqnus. Sheʼrlar va doston. T., 1987
- Polet odinokoy ptitsi. Sbornik stixov na russkom yazike. T., 1989
- Samarqand xayoli. Maʼrifiy maqolalar, esselar va tarixiy qissalar. T., 1991
- Sohibqiron nabirasi. Tarixiy hikoylar va qissalar. T,1995
- Shahidlar shohi-Shayx Kubro tushlari. Tarixiy-maʼrifiy qissa. T., 1998
- Bahordan bir kun oldin. Sheʼrlar va tarjimalar. T., 1997
- Bibixonim qissasi. Tarixiy hikoyalar va qissalar. T.,2007
- Shayx Kubro tushlari. Tarixiy-maʼrifiy qissa, ikkinchi nasr. T., 2008
Televizion, radio va drama asarlariTahrirlash
- Temurnoma. 21 qismmli televizion serial (1996).
- İpak Yoʻlu. Musiqiy-xoreografik badiiy kompozitsiya. „Odeon“ teatri, Parij, Fransiya (1997)
- Buxoroyi Sharif. 2 qismli musiqiy film-opera (1997).
- Jaloliddin Xorazmshoh.(Nomıq Kamol asari asosida) 5 qismmli televizion film.(1998)
- Ming bir rivoyat. Televizion loyiha. (1995-2013)
- Mirzo Ulugʻbek. Radyop’esa. (2008)
- Boburshoh yoxud Sogʻinch. Radyop’esa. (2005)
- Algʻul (Mirzo Ulugʻbek). 2 qismli televizyon spektakl. (2009)
- Algʻul (Mirzo Ulugʻbek). „Sharq yulduzi“ jurnali,2012 yil,1-son
TarjimalariTahrirlash
- Oyar Vatsietis. Yomgʻir yogʻaloq. Bolalar uchun sheʼrlar. Toshkent, „Yosh gvardiya“. 1976
- Anna Axmatova. Marsiya. Doston. „Saodat“ jurnali, 1976
- Qadim yapon sheʼriyatidan.,"Yoshlik" almanaxi,1984
- Nikolay Zabolotskiy. Turnalar. Sheʼrlar. Toshkent. 1985
- Selma Lagerlef. Nil`sning yovvoyi gʻozlar bilan gʻaroyib sayohati. Toshkent. 1986
- Maris Chaklays. Otoʻyin. Toshkent. 1986
- Dengiz yaproqlari. Yapon sheʼriyati antologiyasi. Toshkent. 1988
- Asr ovozi. XX asr jahon sheʼriyatidan. Yannis Ritsos. Toshkent. 1988
- Qirq oshiq daftari. Toshkent. 1989
- Nomıq Kamol. Jaloliddin Xorazmshoh. Fojia(Qoʻlyozma, nashr etilmagan), 1991
- Edigey. Tatar xalq dostoni.,"Jahon adabiyoti",2012 yil,11-son
- Eski yapon sheʼriyatidan.,"Jahon adabiyoti",2013 yil,10-son
Audio va video materiallarTahrirlash
- Xurshid Davronning „Boburshoh“ p’esasi videosi
- Sheʼrlardan namunalar. Audio Wayback Machine saytida arxivlandi (2011-08-25).
- Algʻul yoxud Mirzo Ulugʻbek — Radiop’yesa. Audio Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-03-03).
Xurshid Davron haqidaTahrirlash
- Asqarali Sharopov. Ruhiy eʼtiyoj va mas’uliyat hissi. T.,1983 Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-03-03).
- Ahmad Aʼzam..Navqiron yomgʻir. T.,1987 Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-03-03).
- Bahodir Sodiqov. Tushlarga sigʻmagan Vatan. T.,1989 Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-03-03).
- Fatma AÇIK — Hurşid Devranʼın „Emir Timur’un Oğlunun Ölümü Hakkında Rivayat“ Adlı Hikâyesinin Üslup Açısından İncelenmesi. A.,2011 Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-03-03).
- Xurshid Davronga bagʻishlangan maqola (uygʻur tilida) („Aqsu adibiyati — Aksu Literature“ jurnali,2013, 4-son) Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22)..
- Abdulla Ulugʻov. Vatanga muhabbatdan paydo… Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-20).
- Qozoqboy Yoʻldosh,Muhayyo Ismoilova. Erk va gʻurur kuychisi. Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-20).
- Baxtiyor Nazarov. Yuragimning derazalari. Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22).
- Xurshid Doʻstmuhammad. „Toʻgʻrilik toʻnini kiygil…“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22).
- Eshqobil Shukur. Sheʼrda ustoz vijdondir faqat… Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22).
- Eshqobil Shukur. Lahzaga qoʻyilgan haykal. Esse Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22).
- Sadullo Quronov. Hozirgi sheʼriyatning tasvir imkoniyatlari haqida. Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22).
- Nodir Jonuzoq. Mitti giyoh moʻjizasi. Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22).
ManbalarTahrirlash
- Samarqand xayoli, T., 1991;
- Bahordan bir kun oldin [sheʼrlar, rivoyatlar, tarjimalar], T., 1997;
- Shahidlar shohi (Shayx Kubro tushlari), T., 1998.
HavolalarTahrirlash
- Adibning shaxsiy web-sahfasi (oʻzbek va rus tillarida)
- Xurshid Davron asarlari GreyLib kutubxonasida
- peoples.ru sahifasida Xurshid Davron
- Xurshid Davron Facebookda
- Xurshid Davron Twitterda
- Xurshid Davron asarlari Yandex — videoda Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-03-04).
- Xurshid Davron Biografisi youtubeda Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-03-02).
- Xurshid Davron asarlari bolgar tilida
- Xurshid Davron sheʼrlari tojik tilida Wayback Machine saytida arxivlandi (2013-01-21).
- Xurshid Davron sheʼrlari uygur tilida Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-03-05).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |