Xurshid Shamsutdin
Xurshid Shamsutdin (asl familiyasi — Sharafutdinov) — oʻzbek sovet shoiri, dramaturg, teatr arbobi, rejissor va tarjimon. U 1941-yilda Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi boʻlgan. Oʻzbek musiqa drama janrining yaratuvchilaridan biri hisoblanadi.
Xurshid Shamsutdin 1892-yil may oyida Oʻzbekistonda tugʻilgan. U ijodining gullagan pallasi ayni 1912-yildan boshlanadi. Sheʼrlar, qissalar, komediyalar va adabiy-tanqidiy maqolalar muallifi sanaladi. Dramaturg 1915-yilda sahnada debyut rolini ijro etadi. U Toshkentdagi „Turon“ havaskorlar truppasida ozarbayjon, tatar va oʻzbek mualliflarining spektakllarida bir qator yumorga boy va oʻtkir xarakterga ega rollarni ijro etgan.
Xurshid Shamsutdin 1960-yil 13-sentabrda vafot etadi.
Tanlangan asarlar
tahrir- 1918-yilda „Yangi va koʻhna“ qissasi
- 1918-yilda „Savodsiz boy“ qissasi
- 1919-yilda „Kichik askar“ qissasi
- 1920-yilda Siyovush oʻlimi fojeasi
- 1920-yilda „Temirchi oʻgʻli“ dramasi
- 1920-yilda „Turkiston“ tarixiy dramasi
- 1924-yilda „Qaysi biri yaxshiroq“ musiqiy komediyasi
- 1926-yilda „Kulgi va koʻz yoshlar“ musiqiy komediyasi va boshqalar.
Adabiyotlar
tahrir- Teatralnaya ensiklopediya. Tom 5/Glav. red. P. A. Markov — M.: Sovetskaya ensiklopediya, 1967.