Xushvaqt Norbo'tayev
Xushvaqt Norboʻtayev(9-may 1934-yil — 5-noyabr 2008-yil) — harbiy arbob, general-mayor(1982). 1979-yil Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.
Xushvaqt Norbo'tayev | |
---|---|
Tavalludi |
9-may 1934-yil Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston |
Vafoti |
5-noyabr 2008-yil (74 yoshda) Qashqadaryo viloyati, O'zbekiston |
Fuqaroligi | O'zbekiston |
Faoliyat yillari | 1956-1980, 1994-2008 |
Unvoni | General-mayor |
Bolalik
tahrirXushvaqt Norboʻtayev 1934-yil 9-may kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Guvalak qishlogʻida, oddiy dehqon oilasida dunyoga kelgan. Bolaligi sport bilan shugʻullanish, kitob oʻqish va dehqonchilik ishlari bilan oʻtgan. Guvalak qishlogʻidagi oʻrta umumiytaʼlim maktabida tahsil olgan. Maktabni 1952-yilda bitirgan.
Oliy taʼlim
tahrirXushvaqt Norboʻtayev 1952-yil Toshkent davlat yuridik institutiga oʻqishga kiradi. 4 yil oʻqish davomida oʻz kasbi sir-asrorlarini oʻrganadi. Oʻqish davomida ham boshqalardan har jabhada ajralib turadi.
Kasbiy faoliyati
tahrirTDYIni muvaffaqiyatli tamomlagandan soʻng, 1956-yilda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga yoʻllanma bilan ishga yuboriladi. Ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyatini Qarshi tumani IIB jinoyat-qidiruv boʻlinmasi tezkor vakili lavozimidan boshladi. Qariyb 8 yil mobaynida tergov va jinoyat qidiruv xizmatlarida ishladi.
Xushvaqt Norboʻtayev 1964-yilda Qarshi shahar tergov boʻlinmasi boshligʻi, 1969-yilda esa Qarshi shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi. 1970-1971-yillarda Qamashi tuman IIB boshligʻi lavozimida ishladi. U bu lavozimlarda tajriba orttirdi. Jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olishda xodimlarning oʻzaro hamkorligini taʼminladi.
Xushvaqt Norboʻtayevning tajribasi, tashkilotchiligi va jonkuyarligi inobatga olinib 1975-yil viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga taʼyinlandi. Mazkur lavozimda ishlagan davrida viloyatdagi kriminogen vaziyat barqarorlashdi. Oʻta ogʻir va ogʻir turdagi jinoyatlarning kamayishiga erishildi.
Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi lavozimida
tahrirKatta tajriba orttirgan viloyatdagi vaziyatni yaxshi oʻrgangan va mahalliy hokimiyat bilan Ichki ishlar organlarining hamkorligini taʼminlaganligi tufayli X.Norboʻtayev 1979-yil Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga munosib koʻrildi. Bu lavozimda ishlagan davrda viloyat ichki ishlar organlari, shu jumladan tuman va shahar ichki ishlar boʻlimlari binolari qayta taʼmirlandi. Xodimlarning xizmat sharoitini yaxshilash boʻyicha bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi. 1982-yilda unga general-mayor unvoni berildi. Xushvaqt Norboʻtayev xizmat faoliyati davomida bir necha marotaba ragʻbatlantirildi.[1]
Ozodlikdan mahkum qilinishi
tahrirAfsuski, oʻtgan asrning 1980-yillarida Oʻzbekistonda amalga oshirilgan qatagʻonlar Xushvaqt Norboʻtayevni ham chetlab oʻtmadi. Gdlyan va Ivanov rahbarligidagi tergov guruhining noqonuniy xatti-harakatlaridan u ham jabr koʻrdi. 1985-yilda qamoqqa olinib, uzoq muddatga ozodlikdan mahkum qilindi.[2]
Ozodlikka chiqishi
tahrirHaqiqat egiladi, ammo sinmaydi. 1994 yilda Oʻzbekiston Oliy sudi tomonidan unga qoʻyilgan ayblov bekor qilinib, jinoyat ishi harakatdan toʻxtatildi.
Hayotining soʻnggi yillari
tahrirX. Norboʻtayev oqlangandan soʻng qizgʻin faoliyat koʻrsatdi. Avvaliga Qarshi shahar (Nuroniy jamgʻarmasida, keyinchalik Adolat advokatlik firmasida ishladi. Xushvaqt Norboʻtayev 2008-yilda ogʻir xastalikdan keyin vafot etdi.
Manbalar
tahrir- ↑ Sattorov, Abdug'ofur. El-yurt osoyishtaligi generallari. Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumani Oq ota QFY: Niso Poligraf MCHJ, 2021-yil 10-may — 108-109-bet. ISBN 978-9943-6103-4-7.
- ↑ „НОРБУТАЕВ Хушвакт“. centrasia.org. Qaraldi: 6-iyun 2023-yil.