Anushirvon

Sosoniylar sulolasiga mansub Eron podshohi
(Xusrav I Anushirvondan yoʻnaltirildi)

Anushirvon (toʻliq ismi Xusrav I Anushirvon) — sosoniylar sulolasiga mansub Eron podshohi.

Anushirvon otasi — Qubod joriy qilgan idora usuli, soliq tizimi hamda harbiy sohalarda jiddiy islohotlar oʻtkazdi, mamlakatni raiyatparvarlik bilan boshqardi. Hind eposi „Kalila va Dimna“ Anushirvon topshirigʻi bilan paxlaviy tiliga tarjima qilindi, Avesto qayta koʻchirildi. Anushirvon shahar va qishloqlarni obod etish, koʻhna qadriyatlarni tiklashga alohida eʼtibor berdi, uning davrida zardushtiylik rivojlandi, oʻzaro urushlarga uzil-kesil barham berildi. Anushirvonning adolatliligi, maʼrifatparvarligi xalq orasida keng yoyiddi, ogʻzaki ijodda ham, yozma adabiyotlarda ham Anushirvon haqida qissalar toʻqildi. Firdavsiy Anushirvon haqida doston yaratgan va uni „Shohnoma“ga kiritgan. „Qobusnoma“, „Siyosatnoma“, „Jome ul-hikoyot“, „Gulzor“, „Miftoh ul-adl“ va boshqa kitoblarda Anushirvon toʻgʻrisida koʻplab hikoyatlar keltirilgan. Alisher Navoiy „Hamsa“sida ham u haqda maʼlumot uchraydi. Anushirvon asli tarixiy shaxs boʻlgan, keyinchalik Sharq xalqlari badiiy ijodida keng tarqalgan timsolga aylangan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir