Xyue
Xyue, Gue — Vyetnamdagi shahar. Jan. Xitoy dengizi sohili yaqinida. Binchitxyen provinsiyasining maʼmuriy markazi. Axoliyey 260,5 ming kishi (1990-yillar boshlari). Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Sholi oqlash, taxta tilish, toʻqimachilik korxonalari bor. Kurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shaharga mil. av. 3-asrda (Nyatnam nomi bilan) asos solingan. 1471 yildan Vyetnam davlati tarkibida. 1804 yildan X. nomi bilan Vyetnam poytaxti. 1884 yilda fransuz protektorata oʻrnatilgan vaqtda ham Vyetnam imperatorlari qarorgohi boʻlgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |