Yairning qizi
Yairning qizi – Yangi ahd kitobigagi qahramon. Capernaum sinagogasi oqsoqolining qizi, uni Iso Masih tiriltirib yuboradi. Bu voqea Injilda bayon qilingan(Matt 9:18–26, Mk 5:22–43, Lk 8:40–56)
Yairning qizi | |
---|---|
Gabriel von Max: Yair qizining tirilishi (1880) | |
Tavalludi | |
Otasi | Yair |
Onasi | nomaʼlum |
Injilda
tahrirInjilda sinagoga oqsoqoli Yair Masihdan oʻlayotgan qiziga shifo berishini soʻraydi. Bu voqea Markning Muqaddas Xushxabarida batafsil bayon qilingan. Matto injilida Yair qizining tirilishi haqidagi hikoyasi esa ancha qisqaroq bayon qilingan. Luqoning versiyasi Marknikiga oʻxshaydi, faqat Luqo Yairning qizi oilada yolgʻiz farzand boʻlganini aytadi: „Yolgʻiz oʻn ikki yoshli qizi oʻlim toʻshagida yotgan edi“. Iso uchta eng yaqin shogirdlari (Butrus, Yoqub va Yuhanno)[1] bilan birga qiz vafot etgan va dafn qilish taradudi boshlangan barcha dod–faryod qilayotgan Yairning uyiga boradi. Uyga kirib, Iso „Talifa kum“ (qadimgi ivrit: טליתא קומי), kalimasini aytadi, qayta tiklangan talaffuzi – ṭalīṯā qūmī boʻlib, bu esa qizni hayotga qaytaradi. Mark Xushxabari matnida bu soʻzlar asl oromiycha talaffuzda berilgan boʻlib tarjimasi bilan tushuntirilgan („Qizaloq, qani, oʻrningdan tur!“)[2][1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Митрополит Волоколамский Иларион (Алфеев). „Воскрешение дочери Иаира“ (ru). Православие.Ru (2017-yil 3-aprel). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Иларион (Алфеев) 2019.
Adabiyotlar
tahrir- Иларион (Алфеев). Иисус Христос: Биография, Жизнь замечательных людей. М.: Молодая гвардия, 2019. ISBN 978-5-235-04249-0.