Yakov Leibov
Yakov Leibov(1902-yil 18-dekabr, Vitebsk viloyati Osveyada tavallud topgan — 1945-yil 12-yanvar, Shatoralyauihey, Borsod-Abauy-Zemplen) — Sovet badiiy va hujjatli filmlar operatori. Ulugʻ Vatan urushi yillarida front operatori.
Faoliyati tahrir
Vitebsk viloyati (Belarus) Osveya qishlogʻida yahudiy oilasida tavallud topgan.
1921-yilda Osvey volost ijroiya qoʻmitasining kotibi boʻlib ishladi.
1922-yildan boshlab okrug ijroiya qoʻmitasi va oziq-ovqat qoʻmitasi ruxsati bilan harbiy komissarlik instruktori boʻlgan[1].
1922—1923-yillarda G‘arbiy okrugda harbiy-siyosiy maktabida faoliyat koʻrsatgan.
1923—1925-yillarda Qizil Armiya safida.
1925-yildan RCP(b) aʼzosi [2].
Kino faoliyatini 1926-yilda Leningraddagi Belgoskino studiyasida „Iblis unchalik dahshatli emas“ filmida fotograf sifatida ishladi.
1927-1930-yillarda Leningraddagi „Sovkino“ kinozavodlarida („Soyuzkino“) operator boʻlgan[2].
1929-yilda foto-kino texnikumining kamera boʻlimini tamomlagan.
1930—1933-yilgacha—„Soyuzkino“ „Rosfilm“ Moskva kino zavodida ishlaydi.
1933—1935-yil Qizil Armiyada faoliyat koʻrsatgan.
1944-yil—Zakarpat Ukraina koʻngillilari Qizil Armiya safiga qoʻshilgan.
Hujjatli filmlari tahrir
1929-yil—„General Toptygin“ (P. Palley bilan birga).
1930-yil—„Lyagavy“ (P. Palley bilan birga).
1931-yil—„Marhota qahramonlari“ (G. Egiazarov bilan birga).
1933-yil—„Garri siyosatga kirdi“.
1935-yil—„Kanal“.
1938-yil—„Pedro“.
1941-yil—„Bokschilar“.
1930-yil—„Unutilgan front“.
1930-yil—„SSSRda moʻynali kiyimlar“.
1940-yil—„Don“.
1943-yil—„Oʻrta Osiyo xalqlarining fashizmga qarshi mitingi“ (A. Bulinskiy bilan birgalikda).
1943-yil—„Oxunboboev xotirasiga“ (bir guruh operatorlar bilan birgalikda).
1943-yil—„Musulmonlar qurultoyi va Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston maʼnaviyat boshqarmasi saylovi “.
Manbalar tahrir
- ↑ Фомин В. И. „Операторы и работники фронтовых киногрупп. Лейбов Яков Соломонович (1902—1945)“ (ru). csdfmuseum.ru. Музей ЦСДФ (2021-yil 14-may). Qaraldi: 2021-yil 15-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 „Яков Лейбов / оператор, фотограф, фронтовой кинооператор“ (ru). csdfmuseum.ru. Музей ЦСДФ. 2021-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-iyul.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |