Yakov Grigoryevich Lixtenberg (1899-yil 15-oktyabr, Brest-Litovsk, Grodno gubernatorligi, Rossiya imperiyasi – 1982-yil 4-sentyabr, Moskva, SSSR) – sovet meʼmori. Ikkinchi darajali Stalin mukofoti laureati (1941)[1].

Yakov Grigoryevich Lixtenberg
Tavalludi 1899-yil 15-oktyabr
Brest-Litovsk, Grodno gubernatorligi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1982-yil 4-sentyabr
Moskva, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi Xarkov milliy qurilish va arxitektura universiteti
Kasbi arxitektor
Mukofotlari

Hayoti

tahrir
 
Yakov Grigoryevich Lixtenberg qabri

Yakov Grigoryevich Lixtenberg 1899-yilda Brest-Litovskda tugʻilgan. U 19211929-yillarda Xarkov milliy qurilish va arxitektura universiteting arxitektura yoʻnalishida oʻqigan. U Xarkovda Ukrpromstroy tizimida ishlagan (1927—1929). Keyinchalik 19301933-yillarda Giprogradda faoliyat yuritgan. Talabalik yillarida Davlat sanoat binosi loyihasini ishlab chiqishda qatnashgan (meʼmorlar S.Serafimov, S.Kravets, M.Felger, Xarkov). 1933-yilda Metroproyektga taklif qilingan va u yerda 1933-yildan 1939-yilgacha S.Kravets rahbarligida ishlagan. Yakov Grigoryevich Lixtenberg 19391943-yillarda Toshkent maxsus loyiha byurosida, 1943—1945-yillarda Davlat qurilish loyihasida (Moskva), 1945—1959-yillarda Mosproyektda ishlagan.

Oilasi

tahrir

Qizi Eleanor ham meʼmor boʻlgan.

Nabirasi Irina Lixtenberg (1958—2013) Moskva arxitektura institutini tamomlagan hamda Moskva va Isroilda ishlagan. Yavne va Xod Hasharon shaharlaridagi yirik shaharsozlik loyihalari muallifi boʻlgan.

Loyihalari

tahrir
 
Dinamo metrosi[2]
  • Sement zavodini rekonstruksiya qilish (1927—1929, Kramatorsk, SSSR);
  • Turbina zavodi laboratoriyasi (1927—1929, Xarkov, SSSR)
  • 800 oʻrinli maktab (1927—1929, Xarkov, SSSR)
  • Poliklinika (1927—1929, Xarkov, SSSR)
  • Poliklinika (1927—1929, Kramatorsk, SSSR)
  • Kinoteatr (1930, Xarkov, SSSR)
  • Turar-joy binolari (1930—1932, Xarkov, Artemyevsk, Makeevka, Yenakievo, SSSR)
  • Ikkita universal doʻkon (1930—1932, Xarkov, SSSR)
  • 4000 oʻrinli teatr loyihasi amalga oshirilmagan (1930, Xarkov, SSSR)
  • Butunrossiya qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasidagi Volga viloyati paviloni (1930-yillar, Xarkov, SSSR);
  • Butunrossiya qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasidagi Ukraina paviloni (1930-yillar, Xarkov, SSSR)
  • Harbiy dengiz floti madaniyat uyi (1940, Sevastopol, SSSR, S.Kuznetsov bilan birga)
  • O‘zbekistondagi evakuatsiya qilingan korxonalar uchun aholi punktlari: Qaratau va Bekobod, (1940-yillar, Toshkent, SSSR[3])
  • Kurskaya metro bekati amalga oshirilmagan (1940-yillar, Moskva, SSSR)
  • Belorusskaya metro bekati amalga oshirilmagan (1940-yillar, Moskva, SSSR).

Mukofot

tahrir

Ikkinchi darajali Stalin mukofoti laureati (1941).

Manbalar

tahrir
  1. „Архитектор Яков Лихтенберг“. www.n-metro.ru. Qaraldi: 24-oktabr 2023-yil.
  2. „Памятник архитектуры 1947 года и кота“. www.daryadarya.livejournal.com. Qaraldi: 24-oktabr 2023-yil.
  3. „Архитектор Я.Г.Лихтенберг“. www.nasledie-rus.ru. Qaraldi: 24-oktabr 2023-yil.

Havolalar

tahrir