Yakuniy protokol
"Yakuniy protokol" ― 1901-yil 7-sentabrda Xitoy va 11 davlat (Germaniya, Avstriya-Vengriya, Belgiya, Ispaniya, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Yaponiya, Niderlandiya va Rossiya) oʻrtasida Boksyorlar qoʻzgʻolonining bostirilishi kelishuvidir.
Shartnomaga muvofiq, Xitoy quyidagi majburiyatlarni oladi:
- Germaniya elchisi Klemens fon Kettelerning oʻldirilishi uchun uzr soʻrash maqsadida Germaniyaga maxsus elchi yuboriladi, shuningdek, unga haykal oʻrnatiladi;
- Yaponiya missiyasi aʼzosi Sugiyamaning oʻldirilgani sababli uzr soʻrash uchun Yaponiyaga maxsus elchi yuboriladi;
- Boksyorlar qoʻzgʻoloni rahbarlari jazolanadi;
- Vayron qilingan xorijiy qabristonlarga yodgorliklar oʻrnatiladi;
- Xitoyga qurol va oʻq-dorilar olib kirish 2-yilga taqiqlanadi;
- 450 million tael (liang) miqdorida tovon toʻlanadi;
- Elchixonalar kvartalida doimiy harbiy soqchilarga ruxsat beriladi va hokazo;
- Dagu qalʼalari buzib tashlanadi;
- Ustun davlatlarga qirgʻoqdan Pekingacha boʻlgan 12 nuqtani egallash huquqi beriladi;
- Chet elliklarga qarshi qaratilgan barcha jamiyatlar taqiqlanadi.
Havolalar
tahrir- Ingliz tilida protokol matni(Inglizcha) )
- Cologan y Gonzalez-Massieu, Jorge. El papel de Espana en la Revolucion de los Boxers de 1900: Un capitulo olvidado en la historia de las relaciones diplomaticas(isp.) // Boletín de la Real Academia de la Historia : diario. — La Academia, 2008. — V. 205, no 3. — P. 493.