"Yalta davlat sirki" davlat korxonasi ― Qrimning Yalta shahrida joylashgan sobiq sirk. Sirkning asosiy vazifasi teatrlashtirilgan koʻngilochar va sirk tadbirlarini oʻtkazish hisoblangan[1]. Yalta davlat sirki hozirda ish faoliyatini toʻxtatgan.

Tarixi

tahrir

1951-yilda Yaltada koʻchma sirk paydo boʻlgan va u faqatgina sayyohlik mavsumida ishlaydigan sirk chodiri hisoblangan[2].

1962-yilda Yalta sirki oʻzining doimiy sirk truppasiga ega boʻldi, Yaltaning turli hududlarida koʻchma sirk chodiri sifatida faoliyat yurita boshladi. 1965-yilda Yalta davlat sirki davlat korxonasi maqomini oldi. Sirk, shuningdek, Moskva koʻchasidan doimiy joyga ham ega boʻldi.

Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan soʻng korxona Qrim ASSR Davlat mulk jamgʻarmasining 1991-yil 1-dekabrdagi taʼsis shartnomasi va Qrim ASSR Oliy Kengashining 1991-yil 25-oktabrdagi „Qrim hududida joylashgan uyushma va respublikaga boʻysunuvchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar toʻgʻrisida“gi qarorga muvofiq qaytadan roʻyxatdan oʻtkazildi. Korxonaning yangi nizomi tasdiqlandi va maʼlumotlar Ukraina korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yagona davlat reestriga kiritildi[3]. Sirk Ukraina Madaniyat va turizm vazirligiga boʻysungan[4].

Sirkda mahalliy truppa va chetdan tashrif buyurgan ijodkorlarning chiqishlari ham oʻtkazilgan[2].

1999-yilda Igor Kirilyuk sirk direktori etib tayinlandi. U 2010-yilda sirk chodiri butun yil davomida ishlay olmasli va doimiy binoga muhtojligi, sirk binosi zaruriy va zamonaviy jihozlar, infratuzilma bilan taʼminlanishi kerakligini aytdi. Yalta shahar kengashining sessiyasida yangi sirk binosini kapital qurish uchun Yalta avtovokzali yonidan 0,4 gektar yer hududini ajratib berish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Sirk ilgari shahardan ijaraga olingan yerni boʻshatishi kerak boʻldi[5]. Yer ajratish jarayonidagi xatoliklar tufayli davlat guvohnomasini olishda kechikishlar yuzaga keldi[6]. Natijada sirkdan faqat yuridik shaxs nomigina qoldi va u ilgari egallab turgan hududda koʻp qavatli turar-joy binosi qurildi[7].

2014-yil may oyida Yalta davlat sirkining yangi direktori Anatoliy Rudkovskiy Mintaqaviy Tergov qoʻmitasi va Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Qrim Respublikasidagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan sirkning birinchi qavatidagi noturar joy uchun ijarachidan noqonuniy ravishda pul olishda ayblanib hibsga olindi[7]. 2014-yil sentabr oyida Yalta shahar sudi qarori bilan Anatoliy Rudkovskiy tijoriy pora olishda aybdor deb topildi va shartli ravishda ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. 2014-yil oktabr oyida Qrim Respublikasi Vazirlar Kengashining 2014-yil 1-oktabrdagi 1008-sonli „Madaniyat sohasidagi tashkilotlarni tugatish va tashkil etish toʻgʻrisida[3] “gi buyrugʻiga binoan sirk oʻz faoliyatini toʻxtatdi[8].

Manbalar

tahrir
  1. „Государственное предприятие «Ялтинский государственный цирк» Ялта Официальный портал“. yalta.rk.gov.ru. 2021-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-yanvar.
  2. 2,0 2,1 „Государственный цирк в городе Ялта: одна из достопримечательностей Крыма.“ (ru-ru). www.mapng.ru. Qaraldi: 2021-yil 7-yanvar.[sayt ishlamaydi]
  3. 3,0 3,1 „Государственное предприятие «Ялтинский государственный цирк» | Yalta | Ofitsialniy portal“. yalta.rk.gov.ru. 2021-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-yanvar.
  4. „Ялтинский цирк может временно прекратить выступления“ (ru). www.kianews.com.ua. Qaraldi: 2021-yil 7-yanvar.
  5. „В Ялте собираются построить современный цирк — новости Ялты и Южного берега Крыма“. jalita.com. 2020-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-yanvar.
  6. „Крокодилы станут на коньки? Цирк обещает!!! | Letnyaya stolitsa | Yaltinskiy gorodskoy sayt“. yalta.org.ua. Qaraldi: 2021-yil 7-yanvar.
  7. 7,0 7,1 „Директора ялтинского цирка задержали за коммерческий подкуп“ (ru). Российская газета. Qaraldi: 2021-yil 7-yanvar.
  8. „Государственное предприятие «Ялтинский государственный цирк» Ялта Официальный портал“. yalta.rk.gov.ru. 2021-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-yanvar.