Yamanga bosqin yoki Yamandagi harbiy operatsiya[1] bir qator arab davlatlarining Yamanning qonuniy hukumati iltimosiga binoan ichki Yaman mojarosiga aralashuvi boʻlib, Ansor Alloh (husit isyonchilar) harbiylashtirilgan guruhga qarshi qaratilgan. Operatsiyalarning nomlari „Qatiylik boʻroni“ (arabcha: عاصفة الحزم va „Umidning tiklanishi“ (arabcha: عملية إعادة الأمل).

Kelib chiqish tarixi tahrir

Husitlar („Ansor Alloh“), Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan shia jangari guruhi 2014-2015 yillarda Yamanda hokimiyatni asta-sekin qoʻlga olishgan, bu esaSaudiya Arabistoni va boshqa arab davlatlari tomonidan konstitutsiyaga qarshi davlat toʻntarishi sifatida baholandi. 2015 yil mart oyiga kelib, xalqaro miqyosda tan olingan[2][3] Prezident Abd-Rabbu Mansur Hodiy Aden (Janubiy Yaman) shahriga joylashdi va uni vaqtinchalik poytaxt deb eʼlon qildi. Husitlarga qarshi turgan kuchlar ushbu yirik port shahrida toʻplandilar.

Husitlarning hujumi paytida Saudiya Arabistoni Yaman bilan chegarada harbiy kuchlarni koʻpaytirishni boshladi. Husitlar yetakchisi Muhammad Ali al-Xutiyning aytdiki, uning boʻlinmalari Saudiya Arabistonining har qanday tajovuzkor qadamiga javoban Saudiya Arabistoniga qarshi hujum qiladi va Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodni qoʻlga kiritmaguncha toʻxtamaydi.

2015-yil 25-mart kuni Prezident Xodi tomonidan tayinlangan hukumatining tashqi ishlar vaziri Riad Yasin Arab monarxiyalariga Hodining Adandan qochib ketgani haqidagi xabarlar fonida Fors Koʻrfazidagi arab davlatlari hamkorlik kengashi[4] rahbarligida, mamlakatga „Yarim orol qalqoni“ qo‘shma qurolli kuchlar kontingentini kiritish iltimosi bilan murojaat qildi[5].

Manbalar tahrir