Yamaykalar, yamaykaliklar — xalq, Yamaykaning asosiy aholisi (2,37 mln. kishi). Umumiy soni 3,47 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Asosan, qora tanlilar va mulatlar. Ingliz tili lahjasida soʻzlashadilar. Dindorlari — asosan, protestantlar. Ya. shakarqamish, banan va sitrus mevalari yetishtirish bilan shugʻullanadi.