Yandex.Taxi - Yandexning mustaqil biznes bo'linmalaridan biri bo'lib, taksi-agregator va oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlarini ko'rsatuvchi kompaniya, shuningdek, ular uchun ishlangan mobil ilova nomi. Kompaniyaning bosh ofisi Moskvada joylashgan.

Yandex.Taxi avtomobili, Moskva
Isroildagi Yandex.Taxi va Gett bilan ishlaydigan taksi

Tarixi tahrir

2011-yilda Moskvada yangi Yandex xizmati - "Yandex.Taxi" ishga tushirildi. Dastlabki bosqichda unga Moskvadagi 11 ta taksi kompaniyasi va 1000 ga yaqin haydovchilar ulandi[1].

Dastlab, xizmat iOS va Android platformalarida faqat mobil ilova sifatida taqdim etilgan bo'lsa, 2012-yil iyun oyida xizmatning veb-versiyasi paydo bo'ldi[2].

"Yandex.Taxi" ning birinchi rahbari sifatida 2011-yilda "Yandex" asoschisi Arkadiy Volojning to'ng'ich o'g'li Lev Voloj tayinlandi.

2012-yilda xizmat buyurtmalar bo'yicha komissiya olishni boshlaydi[3].

2013-yilda bank kartasi bilan to'lash imkoniyati qo'shildi[4].

2015-yil yanvar oyida "Yandex.Taxi" "Ros.Taksi"ni sotib oldi,[5] bu esa taksoparklarga buyurtmalar qabul qilish va tarqatish imkonini berdi.

2016-yilda Yandex korporativ taksi bozoriga kiradi[6].

2017-yil iyul oyida Yandex va Uber Rossiya va MDHda biznes va onlayn taksi xizmatlarini birlashtirish boʻyicha kelishuv imzoladi. Birlashishda Yandex 100 million dollar sarmoya kiritdi va uning xaritalash xizmati texnologiyasi, Uber esa 225 million dollar naqd pul va Uberning jahondagi yetakchi onlayn transport xizmati sifatidagi global tajribasiga sarmoya kiritdi. Qo'shma kompaniya Uber va Yandex brendlaridan foydalanish huquqini oldi. Shartnomaga ko'ra, birlashgan kompaniya 3,7 milliard dollarga baholangan. Yandex yangi kompaniyaning 59,3%, Uber 36,6% va yangi kompaniya xodimlariga 4,1% tegishli[7].

2018-yil 6-avgust "Yandex.Taxi" taksi parklarini boshqarish uchun onlayn xizmatlar ishlab chiqaruvchi Opteumni sotib oldi. Xizmat taksi kompaniyalarida ishni optimallashtirish imkonini beradi[8].

2019-yilning yozidan boshlab "Yandex.Taxi" "Vezyot" kompaniyalar guruhiga tegishli dasturiy ta'minot va koll-sentrlarini sotib olishni rejalashtirgan. 2020-yil aprel oyida ushbu yoʻnalishdagi faoliyat toʻxtatildi[9][10].

2020-yil 19-avgustda "Yandex.Taxi" asosida “Yandex Go” iovasi ishga tushirildi[11]. Onlayn taksiga buyurtma berishdan tashqari, ilova avtomashinalar ijarasi, oziq-ovqatga buyurtma berish, mahsulotlarni tezkor yetkazib berish xizmatlarini, jamoat transporti va yuk tashishni kuzatishni birlashtirdi[12].

 
Yandex Go avtomobili. Lentvaris, Litva

Xizmat geografiyasi tahrir

 
"Yandex.Taxi" servisining dunyo davlatlari bo'ylab mavjudlik xaritasi
Mamlakat Start berilgan sana Izoh
  Rossiya 2011[13] 2011-yil oktabr[14]
  Belarus 2016-yil 25-fevral[15]
  Armaniston 2016-yil 1-iyul[16]
  Qozog'iston 2016-yil 28-iyul[17]
  Gruziya 2016-yil 26-avgust[15]
  Ukraina 2016-yil 25-oktabr[18] 2019-yilda xizmat ko'rsatish taqiqlangan[19]
  Moldova 2017-yil 25-iyul[20]
  Qirg'iziston 2017-yil 9-noyabr[21]
  Latviya 2018-yil 15 mart[21] Xizmat 2022-yilda taqiqlangan[22]
  O'zbekiston 2018-yil 4-aprel[23]
  Estoniya 2018-yil 1-may[24] Xizmat 2022-yilda taqiqlangan[25]
  Serbiya 2018-yil 5-iyun[26]
  Litva 2018-yil 26-iyul[27]
  Kot-d'Ivuar 2018-yil 4-oktabr[28] Yango brendi
  Finlandiya 2018-yil 9-noyabr[29]
  Isroil 2018-yil 10-dekabr[30]
  Gana 2019-yil 6-iyun[31]
  Norvegiya 2021-yil 23-iyul[32]
  Senegal 2021-yil 9-dekabr[33]
  Kamerun 2021-yil 13-dekabr[34]

Yango - butun dunyo bo'ylab taksi xizmatlarini ko'rsatuvchi xalqaro brend - Yandex Go uchun qisqartma.

Haydovchisiz avtomobil tahrir

 
CES 2019 ko'rgazmasidagi avtomobil.
 
Moskvada Yandex kompaniyasining o'zini o'zi boshqaradigan mashinasi sinovdan o'tkazilmoqda.

2018-yil avgust oyida Yandex Innopolis shahrida robot taksi xizmatini test rejimida ishga tushirdi[35]. Xizmat shahar aholisi uchun mavjud: haydovchisiz taksini "Yandex.Taxi" orqali chaqirish mumkin. Safarlar bo'sh haydovchi o'rindig'i bilan amalga oshiriladi, sinov muhandisi yo'lovchi o'rindig'ini egallaydi. 2020-yilning fevraliga qadar 5 mingdan ortiq safar amalga oshirilgan[36].

2019-yil sentabr holatiga koʻra, Yandexning haydovchisiz transport vositalarining umumiy yurishi 1 million km ni tashkil etdi[37].

2020-yil sentabr oyida Yandexdan haydovchisiz transport vositalarini ishlab chiqaruvchi alohida boʻlinma - Yandex Self-Driving Group (Yandex SDG) ajrarib chiqdi[38].

Oʻzbekistonda tahrir

2018-yil 4-aprel kuni Yandex. Taxi Ozbekistonda ham oʻz faoliyatini boshlaydi[39].

Manbalar tahrir

  1. „"Яндекс" представил сервис по поиску такси в Москве“. РИА Новости (26-oktyabr).
  2. „Компания Яндекс — Главные новости — Яндекс открывает taxi.yandex.ru“. Компания Яндекс.
  3. „«Яндекс» решил заработать на своем сервисе такси“. Ведомости.
  4. „"Яндекс.Такси" запустил безналичную оплату поездок с Android-устройств“. РИА Новости (18-iyun).
  5. «Рос. Такси» обошлась «Яндексу» в 1 млрд рублей — CNews
  6. „Яндекс.Такси выходит на корпоративный рынок Москвы“ (ru). РИА Новости (6-aprel). Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.
  7. Слияние «Яндекс. Такси» и Uber — сделка года по версии Forbes
  8. „«Яндекс.Такси» купила сервис для управления таксопарками «Оптеум» — Транспорт на vc.ru“ (2018-yil 6-avgust).
  9. „«Яндекс.Такси» отозвало ходатайство о покупке компании «Везёт»“. РБК.
  10. „«Яндекс.Такси» не стала покупать конкурента: Лучше поддержать своих водителей“. CNews.ru.
  11. „«Яндекс» объединил городские сервисы в одно приложение Go. Оно заменит «Яндекс.Такси»“. meduza.io.
  12. „«Яндекс» объединил такси и каршеринг в одном приложении“. Коммерсантъ.
  13. Каплун Д. Е Аналитическое исследование таксомоторных компаний, осуществляющих работу через онлайн платформы в Москве // «EurasiaScience». Сборник Международной научно-практической конференции. Москва: «Актуальность. РФ», 2018. ISBN 978-5-604-16794-6 С. 240.
  14. Yandex has begun to make a profit on its taxi service
  15. 15,0 15,1 «Яндекс.Такси» вышел за пределы России и начал работу в Минске — Офтоп на vc.ru[sayt ishlamaydi]
  16. «Яндекс.Такси» начал работу в Армении | Forbes.ru
  17. «Яндекс.Такси» запустился в Казахстане вслед за Uber — Офтоп на vc.ru
  18. „«Яндекс.Такси» запустился в Киеве через несколько месяцев после Uber — Офтоп на vc.ru“. 2018-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
  19. УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА УКРАЇНИ № 82/2019
  20. „«Яндекс.Такси» запустили в Молдавии — Meduza“ (ru). Meduza. Qaraldi: 2017-yil 25-iyul.
  21. 21,0 21,1 „В "Яндекс.Такси" подтвердили интерес к запуску в Норвегии“. ТАСС. Qaraldi: 2021-yil 10-iyun.
  22. „Латвия аннулирует регистрацию «Яндекс.Такси»“ (ru). Lenta.RU. Qaraldi: 2022-yil 27-may.
  23. „«Яндекс.Такси» начал работу в Узбекистане“ (ru). Газета.uz (2018-yil 4-aprel). Qaraldi: 2018-yil 4-aprel.
  24. КаПо: собранная «Яндекс.Такси» информация идет в Россию | Эстония | ERR
  25. Р. И. А. Новости. „В Эстонии запретили "Яндекс.Такси"“ (ru). РИА Новости (11-aprel). Qaraldi: 2022-yil 27-may.
  26. „Яндекс.Такси в Сербии“. 2018-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
  27. Lietuvoje su trenksmu startuoja Rusijos «Yandex.Taxi»: žada žemas kainas
  28. Запуск международной службы заказа такси в Абиджане с помощью мобильного приложения Yango
  29. Сервис «Яндекс.Такси» выходит на рынок Финляндии
  30. „«Яндекс.Такси» выйдет на рынок Израиля под брендом Yango“. ТАСС (2018-yil 16-noyabr).
  31. Сервис «Яндекс.Такси» под брендом Yango запустился в Румынии и Гане
  32. Helle Lyng Svendsen. „Yango lanserer taxitjeneste i Norge: Vil konkurrere på pris“ (no). Nettavisen (2021-yil 23-iyul). Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  33. „Transport : Yango, le taxi en ligne débarque au Sénégal“ (fr). Socialnetlink (2021-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
  34. «Яндекс» запустил сервис такси Yango в Камеруне
  35. „«Яндекс» запустил тестирование бесплатного такси на беспилотных машинах в Иннополисе — Транспорт на vc.ru“. vc.ru (2018-yil 28-avgust).
  36. „Нет закона и интернета: почему по дорогам Татарстана не ездят беспилотники? | Inkazan“. inkazan.ru.
  37. „Беспилотные автомобили «Яндекса» проехали миллион километров“. www.forbes.ru.
  38. „«Яндекс» выделяет беспилотники в отдельный бизнес и выдает ему $150 млн“ (ru). CNews.ru. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
  39. „«Яндекс.Такси» сервиси яна бир давлатда иш бошлади“. kun.uz (2018-yil 5-iyun). Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.