Yangi Oʻzbekiston – yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi
Yangi Oʻzbekiston — yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi — Namangan viloyatiga qarashli Davlatobod tumanida joylashgan kutubxona. Kutubxona 2021-yilning 19-mart kuni oʻz faoliyatini boshlagan[2][3].
Yangi Oʻzbekiston – yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi | |
---|---|
Yangi Oʻzbekiston – yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi binosi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Manzil | Namangan viloyati, Davlatobod tumani, Islom Karimov koʻchasi |
Tarixi | |
Asos solingan sanasi | 2021-yil 19-mart |
Fond | |
Kitoblar soni | 70 mingta (2023)[1] |
Boshqa maʼlumotlar | |
Direktor | Dilnoza Azizova |
Tarixi
tahrirTurkiyaning „Ug İnşaat“ firmasi tomonidan Finlandiya tajribasi boʻyicha qurib bitkazilgan kutubxonaning umumiy maydoni 5220 kv. metrni tashkil etadi[4]. Uch qavatdan iborat bino mutolaa va adabiyotlarni olish boʻlimlari, kitoblar arxivi, shuningdek, fond saqlash uchun moʻljallangan maxsus yertoʻladan tashkil topgan. Kutubxona bir vaqtning oʻzida 1200 nafar kitobxonga xizmat koʻrsatish imkoniga ega. Foydalanishga topshirilgan yili kutubxona fondida 30 ming bosma hamda elektron adabiyot mavjud boʻlgan[5]. 2023-yilning fevral oyi hisobiga koʻra 70 mingta kitob kutubxona fondida mavjud ekanligi aytilgan[1].
Faoliyati
tahrirOʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 8-avgustdagi 357-sonli „2022—2023-yillarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori eʼlon qilingan. Qarorga koʻra quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan:
- Davlatobod va Pop tumanidagi binolarning (Davlatobod tumanidagi „Yangi Oʻzbekiston — yoshlar ziyo maskani“ axborot kutubxonaning boʻsh turgan qismida va Pop tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabining yotoqxona qismida) foydalanish huquqiy shartlarini shakllantirish. (2022-yil oktyabr)
- Mazkur binolar hududida Moliya vazirligi va Namangan viloyat hokimligi hamkorligida taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. (2022-yil dekabr)
- Yoshlar ishlari agentligi va mahalliy investorlar mablagʻlari asosida kerakli jihozlar bilan taʼminlash. (2022-yil oktyabr-dekabr)
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Mirziyoyev Namanganda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi“. 2023-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyun.
- ↑ „Namangan shahrida vodiyda yagona bo‘lgan Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi ochildi“. 2023-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Namanganda Finlandiyadagi kutubxonalarga taqqoslangan zamonaviy kutubxona ochildi“. 2023-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-sentyabr.
- ↑ „“Янги Ўзбекистон – ёшлар зиё маскани” китобхонлар хизматида“. 2023-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyun.
- ↑ „Namanganda 30 ming bosma va uch million elektron adabiyotga ega axborot-kutubxona markazi foydalanishga topshirildi“. 2023-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyun.